Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada dunyodagi eng qadimiy smayl belgisi topildi
Turkiya va italiyalik arxeologlar guruhi Turkiya-Suriya chegarasi yaqinidagi G‘oziantepa janubi-sharqi viloyatidagi Qarqamish shahridagi qazilma ishlari davomida qadimiy emoji tasviri bo‘lgan ko‘zani topishdi. Bu haqda Hürriyet Daily News xabar bermoqda.
«Bu mavsumdagi eng qiziq topilmalardan biri – smayl belgisiga ega ko‘zadir. Bu ko‘za sharbat, shirin ichimlik iste'moliga mo‘ljallangan bo‘lib, eramizdan avvalgi taxminan 1700 yilda yaratilgan. Biz, aftidan, dunyodagi eng qadimiy smayl belgisini topdik. Ustalar bu belgini ko‘zaga nima maqsadda chizishganini bilmaymiz, biroq, uni tabassum, deb atamoqdamiz», - deya xabar berdi arxeologlar guruhi rahbari, Boloniya universiteti professori Nikolo Marketti.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ko‘za G‘oziantepa arxeologik muzeyiga topshiriladi.
Mavzuga oid
09:48 / 17.06.2025
Erdo‘g‘an: Qisqa vaqtda hech kim bizga qarshi chiqishga jur’at etolmaydigan darajaga chiqamiz
12:55 / 09.06.2025
Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi qoshida maktab ochiladi
22:58 / 07.06.2025
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi
19:16 / 07.06.2025