Armanistonda bosh vazir saylovlari o‘tkaziladi
Armaniston Milliy yig‘ilishi (parlament) bugun mamlakat yangi bosh vazirini saylaydi. Masala muhokamasi qonunchilik organining maxsus yig‘ilishida bo‘lib o‘tadi.
Yagona nomzod – “Yelk” muxolif fraksiyasi tomonidan ilgari surilgan deputat Nikol Pashinyan. U 13 apreldan beri butun respublika bo‘ylab ommaviy norozilik aksiyalariga rahbarlik qilmoqda. Namoyishchilar 23 aprel kuni hukumatning avvalgi rahbari Serj Sargsyan iste'foga chiqishiga erishishdi hamda bu lavozimga Pashinyanni tayinlashni talab qilishmoqda.
"Yelk"dan nomzodni parlamentdagi boshqa ikki fraksiya - "Tsarukyan" va "Dashnaktstyun" bloki qo‘llab-quvvatladi. Barcha uchta fraksiyaga 105 o‘rinli parlamentda 47ta mandat tegishli. Bosh vazirning saylanishi uchun 53ta ovoz talab etiladi. Demak, Pashinyanga Milliy yig‘ilishda 58 o‘ringa ega bo‘lgan hukmron Armaniston Respublika partiyasining yana kamida olti deputati ovoz berishi kerak bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pashinyan rasmiy ravishda Armaniston bosh vazirligi uchun nomzod bo‘lgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
21:21 / 14.11.2024
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyasini eng katta muammo va fojia deb atadi
14:26 / 13.11.2024
BMT sudi: Armaniston va Ozarboyjonning da’volari bizning yurisdiksiyamizda
20:08 / 19.10.2024
Yaponiyalik erkak bosh vazir qarorgohiga bostirib kirishga urindi
10:10 / 09.10.2024