Armaniston Milliy yiğilişi (parlament) bugun mamlakat yangi boş vazirini saylaydi. Masala muhokamasi qonunçilik organining maxsus yiğilişida bölib ötadi.
Yagona nomzod – “Yelk” muxolif fraksiyasi tomonidan ilgari surilgan deputat Nikol Paşinyan. U 13 apreldan beri butun respublika böylab ommaviy norozilik aksiyalariga rahbarlik qilmoqda. Namoyişçilar 23 aprel kuni hukumatning avvalgi rahbari Serj Sargsyan iste'foga çiqişiga erişişdi hamda bu lavozimga Paşinyanni tayinlaşni talab qilişmoqda.
"Yelk"dan nomzodni parlamentdagi boşqa ikki fraksiya - "Tsarukyan" va "Daşnaktstyun" bloki qöllab-quvvatladi. Barça uçta fraksiyaga 105 örinli parlamentda 47ta mandat tegişli. Boş vazirning saylanişi uçun 53ta ovoz talab etiladi. Demak, Paşinyanga Milliy yiğilişda 58 öringa ega bölgan hukmron Armaniston Respublika partiyasining yana kamida olti deputati ovoz berişi kerak böladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Paşinyan rasmiy ravişda Armaniston boş vazirligi uçun nomzod bölgani xabar qilingandi.












