Jahon | 19:52 / 06.06.2017
33577
3 daqiqa o‘qiladi

Qatarliklar sarosimada oziq-ovqat mahsulotlarini g‘amlab qo‘yishmoqda

Bir qator arab davlatlari Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzganidan keyin qatarliklar do‘konlardan katta miqdorda oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishga tushib ketishdi. "Supermarketlarda sut, guruch, tuxum, tovuq go‘shti katta miqdorda sotib olinmoqda. Oziq-ovqat mahsulotlari mashinalarga bosib olib ketilmoqda", deb ma'lum qilmoqda mahalliy OAV. Qatar 90 foiz oziq-ovqat mahsulotlarini import qiladi. Import qilinuvchi oziq-ovqat mahsulotlarining katta qismi hozirda yopib qo‘yilgan Saudiya Arabistoni chegarasi orqali yetkaziladi. Eron bunday vaziyatda O‘rmuz bo‘g‘ozi orqali Qatarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berishga tayyorligini ma'lum qilgan.  

Ijtimoiy tarmoqlarda do‘konlardagi katta navbatlar, liq to‘la aravachalar va bo‘shab qolgan peshtaxtalar suratlari chop etildi.

@shalome05/AP

Saudiya Arabistoni bilan chegara Qatarning quruqlikdagi yagona chegarasi hisoblanadi. 2,2 mln lik aholiga ega davlat birinchi navbatda Fors ko‘rfazi davlatlaridan yetkaziluvchi oziq-ovqat mahsulotlari importiga kuchli bog‘langan. 2015 yilda Qatarning Saudiya Arabistonining o‘zidan import qilgan oziq-ovqat mahsulotlari hajmi 896 mln dollarni tashkil qilgan. 2014 yilda Qatar oziq-ovqat xavfsizligi milliy dasturini qabul qilgan. Unga ko‘ra, mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlari importini kamaytirish va mamlakatda ularni ishlab chiqarish hajmini oshirish nazarda tutilgan. Dasturga ko‘ra, 2030 yilga kelib Qatar oziq-ovqat mahsulotlariga ehtiyojining 40 foizini mahalliy ishlab chiqaruvchilar hisobiga qondirmoqchi.   

news.abs-cbn.com

5 iyun kuni ertalab birvarakayiga 4 arab davlati – Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzishini e'lon qildi. Bunga esa Dohaning mintaqadagi terrorchilik guruhlarini qo‘llab-quvvatlashi sabab qilib ko‘rsatilgan. Keyinroq Doha bilan aloqalarni uzgan davlatlar qatoriga Yaman, Maldiv Respublikasi, Liviyaning muvaqqat hukumati va Mavrikiy qo‘shilgan.  

@shalome05/AP
news.abs-cbn.com
 AP
Zab Mustefa/twitter.com
@shalome05/AP
Zab Mustefa/twitter.com
AP
@shalome05/AP

Mavzuga oid