Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Azar «Real»da o‘ziga raqam tanladi
«Real» yarimhimoyachisi Eden Azar 23-raqamni tanlashga qaror qildi. Bu haqda Marca xabar bermoqda.
Nashrga ma'lum bo‘lishicha, belgiyalik vingerning bu raqamni tanlashi zamirida uning basketbolga bo‘lgan qiziqishi yotibdi. NBA afsonasi Maykl Jordan ham aynan 23-raqamda o‘ynagan, basketbolning hozirgi yulduzlaridan LeBron Jyeyms ham shu raqamli futbolkani tanlagan.
«Real»da 23-raqam Serxio Regilonga tegishli edi, u o‘tgan hafta «Sevilya»ga ijaraga berilgan. Azarning Belgiya milliy jamoasi va sobiq klubi «Chelsi»dagi raqami 10 esa «Santyago Bernabeu»da Luka Modrichga tegishli.
Qayd etish joiz, Luka Madridga kelganida u 7-raqamni olishi mumkinligi ham taxmin qilingandi. Ammo hujumchi Mariano Dias klubning 25 futbolchidan iborat asosiy jamoasi tarkibiga kirishni jiddiy maqsad qilgani bois bu raqamidan voz kechishni istamagani aytilmoqda.
Ma'lumot uchun, «blankos»ning yaqin tarixida 23-raqam Devid Bekhem, Mesut O‘zil va Isko kabi futbolchilarga tegishli bo‘lib kelgan. Ular orasidan hozir ham jamoada o‘ynayotgan Isko raqamini 22ga o‘zgartirgan, bu - uning sobiq jamoasi «Malaga»dagi raqami.
Mavzuga oid
15:31 / 10.10.2023
«To‘g‘ri lahzada «to‘xta» deya olishingiz kerak» - Azar 32 yoshida faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi
16:05 / 07.12.2022
Eden Azar Belgiya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi
10:50 / 12.06.2020
«Real» chempionmi? Madridliklarga qulaylik beruvchi 5 sabab
18:52 / 23.02.2020