O‘zbekiston | 20:08 / 03.02.2018
42151
1 daqiqa o‘qiladi

Turistik viza rasmiylashtiruvi soddalashtiriladigan davlatlar soni 52 taga yetadi

Foto: Fotolia

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasining sayyohlik salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

2018 yilning 10 fevralidan turistik vizalarni rasmiylashtirish tartibi soddalashtiriluvchi mamlakatlar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlandi. Bunda Tashqi ishlar vazirligiga turistik vaucher yoki O‘zbekiston Respublikasidagi taklif etayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs murojaatnomasining taqdim etilishi va vizani ikki ish kunida rasmiylashtirish bo‘yicha talab bekor qilinadi.

Quyida O‘zbekiston kimlar bilan turistik vizalar rasmiylashtiruvining soddalashtirilgan tartibiga ega ekani va buni joriy etish rejalashtirayotgan davlatlar haqida ma'lumot taqdim etiladi.

Soddalashtirilgan rejimga ega davlatlarning umumiy soni - 52 (+39).

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid