Jahon | 14:44 / 13.01.2023
49634
5 daqiqa o‘qiladi

Baxmutda asir olinayotgan rus askarlari, Xarkivda muzlagan jasadlar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 323-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Ukraina hukumati Soledarda «og‘ir janglar davom etayotgani»ni ma’lum qilib, «Vagner» XHK asoschisi Yevgeniy Prigojinning shahar uning yollanma jangchilari nazoratiga o‘tgani va taslim bo‘lishdan bosh tortgan yuzlab ukrain askarlari o‘ldirilgani haqidagi gaplarini rad etdi. RF mudofaa vazirligining har kungi brifingida Soledar haqida hech narsa deyilmagan;
  • Yarador rossiyalik askarlar hech qanday harbiy-shifokor xulosasisiz frontga qaytarib yuborilmoqda. Hatto oyoq-qo‘llariga oskolka kirganlar va o‘pkasidan o‘q yeganlar ham oldingi chiqqan qaytarib yuborilmoqda. Bu haqda «Agenstvo» nashri Askarlar onalari qo‘mitasi mas’ul kotibi Valentina Melnikovaga asoslanib xabar bermoqda;
  • RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, Vladimir Putin harbiy xizmatga chaqiruv yoshini 30 yoshgacha oshirish g‘oyasini «konseptual» jihatdan qo‘llab-quvvatlagan;
  • Ufada 24 yoshli yefreytor Marsel Kandarov Ukrainaga urushga borishdan bosh tortgani uchun besh yilga ozodlikdan mahrum etildi. May oyida u xizmatga kelmagan, sentabrda esa huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olingan;
  • «Yedinaya Rossiya» 2023 yilgi hududiy saylovlarga Ukrainaga bosqin ishtirokchilari — sobiq harbiylar va ko‘ngillilarning nomzodlarini ilgari suradi.

Baxmutdagi Ukraina qo‘shini

11 yanvar kuni «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi jangchilari Donbass markazida joylashgan Soledar shahrining katta qismini egalladi. XHK asoschisi Yevgeniy Prigojin esa Soledar to‘lig‘icha Rossiya qo‘shinlari tomonidan nazorat qilinayotganini aytdi (buni keyinroq Amerikadagi Urushlarni tadqiq etish instituti ham tasdiqladi), ammo Ukraina tomoni buni rad etmoqda. Harbiy ekspertlar Soledardan keyin RF armiyasi bu shahardan 10 kilometr janubda joylashgan Baxmutni ham egallash imkoniyatiga ega bo‘lishini taxmin qilishmoqda. Bu shahar uchun 2022 yil iyulidan buyon shiddatli janglar kechmoqda. Quyida Baxmut mudofaasidagi ukrainalik harbiylar suratlari.

Ukrainalik harbiylar RF armiyasining asir tushgan askarini tintuv qilishmoqda
D​iego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
D​iego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Zirhli transportyor ichidagi ukrainalik jangchilar
D​iego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
D​iego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrainalik harbiy vrachlar Ukraina qurolli kuchlarining yarador jangchisini hospitalga olib kirishmoqda
D​iego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Front chizig‘i yaqinida harakatlanayotgan ukrain harbiy texnikalari
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Janglar vaqtida vayron bo‘lgan bino oldidan o‘tayotgan baxmutlik keksa yoshli ayol
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy vrachlar avtomobili
Libkos / AP / Scanpix / LETA

Zaporijjya o‘qqa tutilishi oqibatlari

12 yanvarga o‘tar kechasi Rossiya harbiylari Zaporijjya bo‘ylab raketa zarbalari yo‘lladi. Qurbonlar va yaralanganlar yo‘q, ammo xususiy sektordagi bir qancha uylar va infratuzilma obektlari vayron bo‘lgan. Quyida raketa tushgan joylarda ishlayotgan qutqaruvchilar va ko‘ngillilar suratlari.

Dmytro Smolienko / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Dmytro Smolienko / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Dmytro Smolienko / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

Xarkiv oblastida rossiyalik askarlarning jasadlarini qidirayotgan ukrain jangchilari 

Ukrainalik harbiy Kupyansk-Uzlovoy posyolkasidan taxminan besh kilometr masofadagi Kurilovka qishlog‘i yaqinida rossiyalik askar jasadi qoldiqlarini muzlagan yerdan ko‘chirmoqda. Kurilovka 2022 yil 27 sentabrida, Rossiya okkupatsiyasidagi olti oydan keyin Ukraina nazoratiga qaytarilgandi. Oskol daryosining g‘arbiy sohilidagi Kupyansk shahri 2022 yil 10 sentabrida ukrain qo‘shini tomonidan ozod etilgandi.
Pierre Crom / Getty Images
Ukrainalik jangchi Kurilovka yaqinida halok bo‘lgan rossiyalik harbiyning telefonini ochib ko‘rmoqda
Pierre Crom / Getty Images
RF armiyasining Kupyanskdan taxminan 30 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan Bugayevka qishlog‘ida vayron qilingan harbiy texnikasi. Bugayevka iyul oyi boshlaridayoq Ukraina nazoratiga qaytarilgandi
Pierre Crom / Getty Images

Mavzuga oid