17:02 / 19.06.2024
12441

Qoraqalpog‘istonda bolalarni olib ketayotgan avtomobil YTHga uchradi

Jarohatganganlar bor. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Foto: Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanida xususiy bog‘cha tarbiyalanuvchilarini olib ketayotgan mashina YTHga uchragani haqidagi videolavha tarqaldi. Tuman hokimligi holat yuzasidan rasmiy munosabat berdi.

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, bugun soat 9:55da Beruniy tumani Shabboz ovuli hududida fuqaro S.G. o‘zining boshqaruvidagi Nexia mashinasida YTH sodir etgan. Buning oqibatida mashinada bo‘lgan 2018 yilda tug‘ilgan X.F. hamda 2021 yilda tug‘ilgan N.S. tan jarohati olgan. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda ularning sog‘ligi joyida ekani ma’lum qilingan.  

“Videoda aks etgan holat Beruniy tumani Quruvchilar ko‘chasidan o‘tuvchi 4R-161 avtomobil yo‘lining 16-17-kilometrlarida sodir bo‘lgan”, deyiladi hokimlik rasmiy munosabatida.  

Qayd etilishicha hozirda hodisa yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top