Jamiyat | 08:11 / 19.11.2016
4535
1 daqiqa o‘qiladi

Londonda dunyoning eng yirik Lego do‘koni ish boshladi

Foto: GETTY IMAGES

Dunyodagi eng katta Lego konstruktorlari do‘koni Britaniya poytaxti London markazida ish boshladi, deb xabar qilmoqda «BBC-Rus xizmati».

Ikki qavatli binoda mashhur Big-Ben minorasining nusxasini ko‘rish mumkin. U konstruktorning 200 ming donasidan yasalgan. Uning balandligi 6 metrni tashkil etadi. Nusxaga o‘rnatilgan soat va chiroqlarning ham ishlashi ta'minlangan. 

Bundan tashqari, London metrosi vagonining asl kattalikdagi nusxasi do‘kon mijozlari e'tiboriga havola etilgan. Uning uchun 600 mingdan ortiq Lego bo‘lakchalari sarflangan. 

Do‘kon hududida shuningdek, fotoquti ham ishlamoqda. Unda konstruktorlardan o‘z portretingizni yasash uchun chizmaga ega bo‘lish mumkin. 


AFP
PA

GETTY IMAGES

GETTY IMAGES


 


REUTERS

 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid