O‘zbekiston | 11:56 / 28.10.2017
17608
3 daqiqa o‘qiladi

«O‘zpaxtayog‘», «O‘zbekneftgaz» va «O‘zneftmahsulot» tizimida moliyaviy inspektorlar paydo bo‘ladi

Foto: Fotolia

Vazirlar Mahkamasining 24.10.2017 yildagi 870-son O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, Moliya vazirligining davlat moliyaviy nazorat bosh boshqarmasi Nazorat-reviziya bosh boshqarmasini qayta tashkil etish evaziga joriy yilning avgust oyida yaratilgan edi.

Nizom Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi (Bosh boshqarma) va uning hududiy boshqarmalarining maqomini, vazifalari va funksiyalarini, huquqlari va javobgarligini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
 
Shuningdek, u quyidagilar ustidan nazoratni amalga oshiradi:

•  moliyaviy huquqbuzarliklar profilaktikasi;
•  byudjyet tizimi byudjyetlari mablag‘lari va byudjyetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘larning maqsadli sarflanishi;
•  moliyaviy nazorat obektlari tomonidan byudjyet qonunchiligiga, shuningdek byudjyet va smeta-shtat intizomiga rioya etilishini.

Shu maqsadda unga quyidagi vakolatlar berilgan:

•  davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, banklardan va boshqa tashkilotlardan zarur bo‘lgan ma'lumotlarni so‘rash va olish;
•  nazorat obektlarining elektron ma'lumotlar bazasi va axborot resurslaridan foydalanish;
•  yozma so‘rov asosida bank va tijorat sirini tashkil etuvchi byudjyet tashkilotlari hamda byudjyet mablag‘lari oluvchilar haqidagi ma'lumotlarni olish;
•  Xalq banki filiallaridan fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga kelib tushgan pensiya badallari to‘g‘risida ma'lumotlarni so‘rash va olish;
•  aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish va aybdor shaxslarini javobgarlikka tortish yuzasidan majburiy tusga ega taqdimnomalar kiritish va boshqalar.

Moliyaviy nazorat funksiyasi yuklatilgan xodimlar attestatsiyadan har 3 yilda 1 marotaba o‘tkaziladi.

Moliyaviy inspektorlar lavozimlari joriy etiladigan korxonalarning yangi ro‘yxati tasdiqlandi. Bular «O‘zpaxtayog» AJ, «O‘zbekneftgaz» AJ, «O‘zneftmahsulot» AJning tarkibiga kiruvchi ayrim korxonalaridir. Muqaddam tasdiqlangan ro‘yxatlar (26.11.1996 yildagi VMQ-418-son; 23.12.1998 yildagi VMQ-532-son) o‘z kuchini yo‘qotdi.

Hujjat 20.10.2017 yildan kuchga kirdi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid