Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining asosiy vazifalari belgilanadi
Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligini
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi to‘g‘risida Nizomni tasdiqlash haqida”gi prezident qarori loyihasi joylashtirildi.
Nizomga ko‘ra, vazirlik tashkiliy tuzilmasiga quyidagilar kiradi:
Vazirlikning markaziy apparati;
Oliy ta'limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi;
Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta'lim markazi;
Bosh ilmiy-metodik markaz;
Pedagogik innovatsiyalar va kasb-hunar ta'limi o‘qituvchilari malakasini oshirish instituti;
O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati;
Kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari;
Ta'lim muassasalarida elektron ta'limni joriy etish markazi;
“Ma'naviyat va ma'rifat” markazi;
“Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi;
tasarrufdagi oliy ta'lim muassasalari va oliy maktablar;
tasarrufdagi kasb-hunar ta'limi muassasalari.
Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi sohasida zamonaviy sharoitlarda ish faoliyatini tashkillashtirishning ilg‘or uslub va shakllarini egallagan, mustaqil fikrlaydigan, yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan, yuqori bilimli, malakali kadrlarni tayyorlashga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
- O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini ta'minlash va ular yuzasidan qabul qilingan qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
- yuqori malakali, yangicha fikrlovchi, kasbiy faoliyat sohasida zamonaviy bilimlarga va malakaga ega, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va chet tillarni o‘zlashtirgan kadrlarni oliy ta'lim muassasalarida tayyorlashning yuqori darajasi va sifatini ta'minlash;
- oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarini idoraviy mansubligidan qat'iy nazar ularning faoliyatini muvofiqlashtirish, o‘quv-pedagogik va ilmiy-uslubiy rahbarlikni amalga oshirish, ularda mutaxassislar tayyorlash sifati, ta'lim mazmuni va darajasini davlat ta'lim standartlari va malakaviy talablarga mosligini ta'minlash;
- eng yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish uslublaridan keng foydalanish asosida oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi jarayonini, o‘quv rejalari va fan dasturlarini takomillashtirish, o‘quv jarayonini sifat jihatidan yangilash va o‘qitishning ilg‘or shakllari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini joriy etish;
- oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limining ma'naviy-axloqiy mazmunini kuchaytirish, yoshlar o‘rtasida mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik, milliy qadriyatlarga sadoqat, insonparvarlik va yuksak ma'naviy g‘oyalarni chuqur singdirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini tashkil etishni ta'minlash;
- oliy ta'lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish va tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etish, oliy ta'lim tizimi, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta'minlash, ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli yoshlarni keng jalb etish hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;
- oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining pedagog va rahbar kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etish va takomillashtirish, pedagog kadrlarning kasbiy mahorati sifati va darajasini uzluksiz oshirish uchun sharoitlarni yaratish, jumladan, pedagog va ilmiy xodimlarning xorijiy davlatlarda malakasini oshirish va stajirovkasini tashkil etish, shuningdek, oliy ta'lim muassasalari, qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlarining o‘quv jarayonlariga yuqori malakali xorijiy olimlar, o‘qituvchilar va mutaxassislarni keng jalb qilish;
- oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan ta'minlashni tashkillashtirish, talabalar, o‘qituvchilar va yosh tadqiqotchilarning jahon ta'lim resurslari, ilg‘or ilmiy adabiyotlar elektron katalogi va ma'lumotlar bazasiga kirish imkoniyatlarini kengaytirish;
- jahonning ilg‘or tajribalarini inobatga olgan holda respublika oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, shuningdek, xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, oliy ta'lim sohasidagi mamlakatimizda erishilgan yutuqlarni xalqaro miqyosda keng yoritish;
- vazirlik tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida moliyaviy mablag‘larni barcha manbalar bo‘yicha shakllantirish, ayniqsa, o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan va ularning samarali ishlatilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
- oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari va Vazirlik tasarrufidagi tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonuni hamda boshqa qonun hujjatlari bajarilishini ta'minlaydi;
- davlat ta'lim standartlari, oliy ta'lim fanlarining namunaviy o‘quv rejalari va dasturlari, shuningdek, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
- O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq istiqbolli ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini belgilaydi;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Oliy va o‘rta mxsus, kasb-hunar ta'limining yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi;
- o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, yangi avlod o‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlar, elektron kutubxonalar joriy etilishini ta'minlaydi;
- davlat namunasidagi oliy va o‘rta maxsus ma'lumot to‘g‘risidagi hujjatlarni tayyorlash va hisobini yuritish tartibini ishlab chiqadi;
- oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimida ta'limga oid qonun hujjatlari amalga oshirilishi monitoringini olib boradi;
- oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida milliy mustaqillik g‘oyalariga, xalqning boy milliy va madaniy-tarixiy an'analari va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan, o‘sib kelayotgan avlodni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash tashkil etilishini amalga oshiradi;
- oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasasining namunaviy ustavini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi hamda va Vazirlik tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari va tashkilotlarning ustav (nizom)larini tasdiqlaydi;
- Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda oliy ta'lim sifatini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga respublikaning oliy ta'lim muassasalariga abituriyentlarni tanlash va qabul qilishni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
- oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlari va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'limga, shuningdek, pedagog kadrlar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablarining amalga oshirilishini ta'minlaydi;
- pedagog kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil etishning samarali shakllarini, shu jumladan, masofadan turib o‘qitish shaklini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
- oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining rahbarlari, pedagoglari va muhandis-pedagog xodimlariga qo‘yiladigan malaka talablarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
- oliy ta'lim muassasasining rektori lavozimiga tayinlash uchun nomzodlarni belgilangan tartibda tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tavsiya etadi, Vazirlik markaziy apparati xodimlarini, oliy ta'lim muassasalari prorektorlarini, filial direktori va o‘rinbosarlarini, kollejlar, oliy maktab direktorlarini, Vazirlik tizimiga kiradigan tashkilotlar va hududiy bo‘linmalar rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;
- ta'lim sifatini oshirishga, mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga, pedagog kadrlarning samarali faoliyati va o‘quv jarayonini tashkil etishga hamda rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va o‘quv jarayoniga joriy etadi;
- oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining pedagog kadrlarini tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi hamda ularning amalga oshirilishini nazorat qiladi;
- oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi sohasida marketing tadqiqotlarini tashkil etadi, kadrlar tayyorlashning mavjud va istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha qabul ko‘rsatkichlarini tayyorlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga kiritadi;
- Vazirlik tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarini, shuningdek, o‘quv-tarbiya jarayonini moddiy-texnik jihozlashni moliyalashtirishning davlat normativlarini belgilash to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqadi;
- Vazirlik tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari va tashkilotlarning xo‘jalik, ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
- Vazirlik tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari va tashkilotlarning byudjyet xarajatlari hamda to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushgan mablag‘larning daromadlar va xarajatlar smetalari va shtat jadvallarini, shuningdek ularga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazadi;
- Vazirlik tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari va tashkilotlarning ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetalarini va tasdiqlangan jamlanma xarajatlar smetalarini, shtat jadvallarini, shuningdek ularga kiritilgan o‘zgartirishlarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etadi;
- Vazirlik tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari va tashkilotlarda byudjyet hisobi yuritilishini tashkil etish va nazorat qilishni ta'minlaydi;
- Vazirlik tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari va tashkilotlardan moliyaviy hisobotlarni qabul qiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tegishli davr uchun jamlanma moliyaviy hisobotlarni taqdim etadi;
- Vazirlik tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari va tashkilotlarning tashkiliy tuzilmalarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
- Vazirlik tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari va tashkilotlarning byudjyetdan tashqari mablag‘lar tushumi va sarflanishi ustidan nazorat qiladi;
- Vazirlikka markazlashtirilgan tartibda ajratiladigan mablag‘larni taqsimlash va qayta taqsimlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini ochadi;
- respublika ilmiy-texnik dasturlari bo‘yicha fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni bajarishda oliy maktabning ilmiy-texnik salohiyatidan samarali foydalanilishini ta'minlaydi;
- Vazirlik tasarrufidagi oliy ta'lim muassasalari va tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalarida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning ilmiy-texnika dasturlarini shakllantiradi va amalga oshiradi;
- talabalar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiatlarini aniqlaydi;
- ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar, doktorantura orqali belgilangan tartibda tayyorlanishini tashkil etadi;
- oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va bitimlari asosida xorijiy sheriklar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatadi;
- idoraviy mansubligi va mulkchilik shakllaridan qat'i nazar, respublikaning oliy ta'lim muassasalarida xorijiy mamlakatlar uchun mutaxassislar tayyorlanishini muvofiqlashtiradi;
- O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bilan birgalikda davlat tilida va boshqa tillarda darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarni nashr etish va ularning nusxalarini ko‘paytirishning yillik va istiqbolli rejalarini ishlab chiqadi;
- Vazirlik tizimi xodimlarini O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlariga taqdim etishga materiallarni ko‘rib chiqadi va xulosa beradi;
- talaba-yoshlar uchun belgilangan tartibda sport tadbirlarini o‘tkazadi, ularning g‘oliblarini xalqaro tanlovlar va musobaqalarga yuboradi;
- oliy maktabni rivojlantirish, fan va texnikaning dolzarb masalalari bo‘yicha belgilangan tartibda respublika va xalqaro kengashlar, konferensiyalar, simpoziumlar o‘tkazadi.
Mavzuga oid
20:55 / 23.04.2026
Ta’limda sun’iy intellekt: talabalar oldinda, universitetlar orqada qolmoqda
13:19 / 20.04.2026
Zo‘ravon pedagoglarga cheklov: ular 1 yil ta’lim tizimiga ishga kirolmaydigan bo‘ladi
09:54 / 14.04.2026
Yakka uy-joy va kichik binolar qurilishida xususiy nazorat joriy etiladi
18:33 / 11.04.2026