Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Usmonov: Rossiyada birgina oligarx qolgan
Foto: Bloomberg
Rossiyalik milliarder va tadbirkor Alisher Usmonov Rossiyada birgina oligarx qolganini aytdi. U bunday fikrni “Rossiya 1” telekanalida uzatiluvchi “Deystvuyushchiye litsa s Nailey Asker-zade” ko‘rsatuvida bildirgan.
Usmonovning fikricha, oligarxlikka mansub bo‘lishning bosh mezoni hokimiyatdan biznesning olinishi hisoblanadi, shu sababli u o‘zini oligarxlar qatoriga kiritmaydi.
“Men “oligarx” so‘zini umuman yoqtirmayman. Oligarx pul to‘lamay barchasini olgan odamdir. Men hayotimda undaylar sirasiga kirmaganman”, deb aytgan milliarder.
Usmonov, shuningdek, Rossiyada birgina oligarx qolganini aytgan, biroq uning shaxsini oshkor qilmagan. “Fikrimcha, bizda bu vagonda birgina yo‘lovchi qolgan, vagon bo‘m-bo‘sh, u esa bir o‘zi unda o‘tirib, hanuzgacha aylanib yuribdi. Ana u oligarx”, deb aytgan Usmonov va bu odam birgina kompaniyasidan tashqari barcha narsasini yo‘qotganini qo‘shimcha qilgan.
Hozirda Alisher Usmonovning boyligi 12,5 mlrd dollarga baholanib, u eng boy rossiyaliklar ro‘yxatida 10-o‘rinni egallamoqda.
2018 yilda tadbirkor AQSh moliya vazirligining “Kreml dokladi” – Vladimir Putinga yaqin odamlar ro‘yxatiga tushgan. Ularga kelgusida AQSh tomonidan sanksiyalar qo‘llanishi mumkin.
Mavzuga oid
11:29 / 29.01.2026
Sud: Usmonovning FAZ’ga qarshi da’vosi bo‘yicha qaror hali kuchga kirmagan
15:25 / 06.01.2026
Rossiyaning eng badavlat biznesmenlari 2025 yilda 24 mlrd dollarga boyidi
16:16 / 30.12.2025
Germaniyada Usmonovga qarshi ochilgan ikkinchi tergov ham to‘xtatildi
16:30 / 05.09.2025