Sud matbuot xizmati çorşanba, 28 yanvar kuni DW’ga da’vo qanoatlantirilganini tasdiqladi, biroq qaror hali qonuniy kuçga kirmagan. Bahs mavzusi FAZ’da 2023 yil aprel oyida e’lon qilingan maqola böldi. 

“Javobgar (FAZ — tahr.) katta darajada berilgan bayonotlarning haqiqat ekanini isbotlay olmadi”, — deyiladi DW söroviga javoban sud matbuot xizmatidan olingan bayonotda. 

Taqiqni buzib, uşbu ma’lumotlarni yana tarqatgan taqdirda gazetani har bir holat uçun 250 ming yevrogaça jarima kutişi mumkin. Bundan taşqari, javobgar barça sud xarajatlarini ham tölaşi şart.