O‘zbekiston | 09:55 / 15.09.2021
1580
2 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istondagi 7 ta OTMda 16 ta talabalar turar joylari quriladi

Hukumat qaroriga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston bo‘yicha jami 16 ta talabalar turar joylari barpo etiladi. Shundan hududlarda 2022 yilda 2 ta, 2023 yilda 6 ta, 2024 yilda 5 ta, 2025 yilda 3 ta talabalar turar joylarining qurilishi belgilangan. Ularning jami sig‘imi 6 400 o‘rinli bo‘lishi rejalashtirilgan.

Talabalar turar joyi Qoraqalpog‘istondagi 7 ta oliy ta'lim muassasalari uchun quriladi.

2022-2025 yillar davomida Qoraqalpoq davlat universiteti uchun 6 ta, Nukus davlat pedagogika instituti uchun 5 tadan yotoqxonalar quriladi.

Qolgan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali, Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti To‘rtko‘l fakulteti va Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Nukus filiallari uchun esa 1 tadan talabalar turar joylari quriladi.

Qoraqalpog‘istonda quriladigan mazkur talabalar turar joyining eng kam sig‘imi 400 o‘rinli bo‘lsa, eng ko‘p sig‘im 2 400 o‘rinni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq NDPIning yangi yotoqxonasi uchun 73 milliard 322 million so‘m mablag‘ ajratilgani haqida xabar bergandik.

Mavzuga oid