Toşkent davlat pedagogika universitetida talabalar yagona forma kiyişga majburlanişi davom etyapti. Kun.uz'ga yuborilgan audioga köra, dekan örinbosari dars tugagaç auditoriyalarga kirib, talab qilingan dizayndagi formani sotib oliş va kiyiş böyiça bosim ötkazgan.
Kun.uz'ga Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika universiteti talabalari forma kiyişga majburlanayotgani aytilgan audio kelib tuşdi. Murojaatçilarga köra, “zamdekan” dars tugagaç talabalar oldiga kirib, ularga bosim ötkazgan.
Taqdim etilgan audiodagi ovoz Pedagogika va psixologiya fakulteti yoşlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça dekan örinbosari Feruza Yöldoşeva ekani aytilmoqda.
“Menga razmer-pazmer qilmalaring. Kim forma oldi, qölini kötarsin. Olganlar... Nimaga kiymagansizlar? Kiy ustingga. Qolganlar... Qani seniki? A?! Jaketini özini bölsa ham kiy. Mana men ham boşqa yubka bilan bölsa ham kiyib yuribman-ku, yubkasi kattaligi uçun.
Nima, sizlarga alohida taklif kerakmi? Yoki katta bölib qoldilaringmi 2-kursga ötib? A?! Kim katta bölib qoldi, qölini kötarsin-çi?
Men bilmayman, razmer-pazmer bahonasi ketmaydi. Mana bu yerda [soat] 8 da yangi paçka kelyapti, sizlar oğzilaringni oçib ötirgunça boşqa fakultet talabalari olib, kiyib ötiribdi. Sizlar yuribsizlar: “Kirsak, razmer yöq ekan”, deb. Şu tikuvçi yoki sotuvçining raqamini olvolsa böladimi?! Kelgan zahoti telefon qilib, tuşib olaman, desa böladimi?!
Eplaganlar olib, ötiribdi-ku! Qölingizdan kelmaydimi bitta jaket sotib oliş? Uyatsizlar... Sen agar, törtalang, qaytib qadamingni bosmaysan şu auditoriyaga, tuşunding-a?” – degan u.
Dekan örinbosari aytilgan gaplar sözsiz bajarilişi kerakligi, muhokama qilinsa, çora körilişini aytgan.
“Agar mening gapim muhokama bölib, mening gapim qilinmaydigan bölsa bu yerda, sen bu joyda ötirmaysan, Aziza, Nodira. Sen ham, Xurşida... Maftuna, senga ham tegişli. Senlar örnak bölişing örniga, ahvolingni qara! Senlarga örnak bölib ötiribdi orqangdagilar! Tuşunarlimi?!
















