Öqişga qabul qilinganlar birinçi yönalişda faqat katta miqdordagi “super kontrakt” bilan öqişi mumkin. Bunda ularning qabul çiziğiga neça ball yetmay qolganining ahamiyati yöq. Tartib qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlangan. Bundan oliygohlarning ham, talabalarning ham xabari bölmagan.

Qöşimça kontrakt va super kontrakt farqi bormi?

Tuşunarli bölişi uçun maqolada şartli ravişda qabul çiziğiga 4,05 ball yetmay qolganlar tölaydigani qöşimça kontrakt deyiladi. Töplagan balli 56,7dan yuqorilarni esa super yoki tabaqalaştirilgan kontrakt deymiz. Xöş, bularning farqi qanday?

Qöşimça kontraktçilar töplagan ballari tasdiqlangan tölov-kontrakt böyiça qabul kvotalari çegarasiga:

  • 1,05 ballgaça yetmasa — 1,5 barobar;
  • 1,06 balldan 2,05 ballgaça yetmasa — 2,0 barobar;
  • 2,06 balldan 3,05 ballgaça yetmasa — 2,5 barobar;
  • 3,06 balldan 4,05 ballgaça yetmasa — 3,0 barobar bazaviy kontraktga qöşimça pul tölab öqiydi.

Balli 56,7 dan yuqori bölgan super kontraktçilar esa bazaviy tölov kontrakt miqdoridan 6-19 barobarigaça köp kontrakt tölab öqişi mumkin. Buni ta’lim taşkilotlariga qabul qiliş böyiça davlat komissiyasi yangi öquv yili uçun tasdiqladi.

Qöşimça kontraktda kimlar öqişi mumkin?

Öqişga topşirib, kirolmaganlar. Ya’ni balli qabul çiziğiga 4,05 ballgaça yetmagan abituriyent özi tanlagan 5 yönalişning birida qöşimça kontrakt tölab öqişi mumkin. Bu imkoniyat öqişga kirganlarga berilmaydi. Şuni eslatiş kerak, ötgan yili öqişga kirgan talaba ham birinçi yönalişida qöşimça kontraktda öqişi mumkin edi. Nega tartib 1 yil içida özgardi degan savolni vazirlik matbuot xizmati quyidagi izohladi:

“Kirgan universitetida öqişni istamasa, talaba super kontrakt tölaydi, sababi bir neçta universitetlarga talab katta, ularning moddiy-texnik bazasi barça talabalarni qabul qilişga kuçi yetmaydi