Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston O‘zbekiston OTMda onlayn smart-auditoriyalarni tashkil etishi mumkin
Mamlakatning Dehlidagi elchixonasi tomonidan O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direktori Shuhrat Vafoyev va Hindiston Eksport-import banki (Eximbank of India) bosh menejeri Nirmit Ved o‘rtasida onlayn shakldagi muzokaralar tashkil etildi.
Foto: "Dunyo" AA
Tadbirda o‘zaro moliyaviy va texnik ko‘mak doirasida O‘zbekiston hukumati va Hindiston Eksimbanki o‘rtasida mamlakatimizdagi infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish uchun Hindiston hukumati kreditini ajratish bo‘yicha hadli kelishuvning bajarilishiga oid masalalar muhokama qilindi.
Tomonlar avtomobil yo‘llari qurish va ta’mirlash, oliy ta’lim muassasalarida onlayn smart-auditoriyalarni tashkil etish, aholi punktlarida kanalizatsiya tizimi barpo etish va boshqa dolzarb yo‘nalishlarda hamkorlik loyihalarini hayotga tatbiq etish yuzasidan o‘zaro fikr almashdi.
Ushbu loyihalarni yaqin istiqbolda izchil amalga oshirish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni tezlashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
19:15 / 01.05.2026
MUMBAY. Xarobadagi milliardlar | SUBYEKTIV
08:35 / 27.04.2026
Ambanilarning 200 mlrd dollarlik biznes imperiyasi. Hammasi qanday boshlangandi?
20:13 / 25.04.2026
Hindistonda sayyohlarga «safari» paytida telefondan foydalanish taqiqlandi
10:35 / 24.04.2026