Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Badiiy asar va film tanlashda ikkilanyapsizmi? Parlament a'zolari va vazirlardan tavsiyalar
O‘zbekistonda bog‘cha, maktab va OTMlar faoliyati to‘xtaganiga ikki haftadan oshdi, bir haftadan buyon to‘y-hashamlar va boshqa oilaviy marosimlar o‘tkazilmayapti.
Karantinni mazmunli o‘tkazishning yo‘llari ko‘p: kitob o‘qish, kinofilm tomosha qilish va boshqa foydali mashg‘ulotlar bilan band bo‘lish mumkin.
Kun.uz muxbiri Oliy Majlis va Hukumatning bir qancha a'zolari bilan bog‘lanib, ular tavsiya etadigan badiiy asarlar, kinofilmlar va foydali mashg‘ulotlar bilan qiziqdi.
O‘ylaymizki, ushbu tavsiyalar sizga ham kunlaringizni maroqli o‘tkazishga yordam beradi.
Tanzila Norboyeva, Oliy Majlis Senati Raisi

Sevib o‘qiydigan badiiy asarlari:
«Muqaddima» – Ibn Xaldun
«Martin Iden» – Jyek London
«O‘tgan kunlar» – Abdulla Qodiriy
Sevimli kinofilmlari:
«Parazitlar» – Pon Chjun Xo
«Yuqtirish» – Stiven Soderberg
«Berlin-Oqqo‘rg‘on» – Zulfiqor Musoqov
Tavsiya qiladigan mashg‘ulotlari: Onlayn-kurslar, masalan, Harvard universiteti turli yo‘nalishlardagi keng qamrovli bepul kurslarni taqdim etmoqda.
Nurdinjon Ismoilov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri

Sevib o‘qiydigan badiiy asarlari:
Bolalar uchun: «Sariq devni minib» – Xudoyberdi To‘xtaboyev
O‘rta yoshlilar uchun: «Kecha va kunduz» – Cho‘lpon (Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li)
Nuroniylar uchun: «Tafsiri irfon» – Muftiy Usmonxon Alimov
Sevimli kinofilmlari:
«Qo‘qon shamoli» – Dilmurod Masaidov
«Oqsoq darvesh» – Valeriy Axadov va Yojyef Kish
«Mimino» – Georgiy Daneliya
Tavsiya qiladigan mashg‘ulotlari: Badantarbiya (gimnastika).
Inom Majidov, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri

Sevib o‘qiydigan badiiy asarlari:
«Uch ildiz» – Pirimqul Qodirov
«So‘na» – Etel Voynich
«Samarqand osmonidagi yulduzlar» – Sergey Borodin
Sevimli kinofilmlari:
«41-yil olmalari» – «O‘zbekfilm»
«Sokin Don» – Sergey Gerasimov
«Shamollarda qolgan hislarim» – Sergey Bondarchuk
Tavsiya qiladigan mashg‘ulotlari: Shaxmat o‘yini va unga oid masalalar.
Sherzod Shermatov, Xalq ta'limi vaziri

Sevib o‘qiydigan badiiy asarlari:
«Samarador odamning 7 ko‘nikmalari» – Stiven Kovi
«Emotional Intelligence + Emotional Intelligence 2.0» – Daniel Goulman
«21-asr uchun 21 dars» – Yuval Noa Harari
Sevimli kinofilmlari: Kino ko‘rishga vaqti bo‘lmaydi
Tavsiya qiladigan mashg‘ulotlari: Uyda ko‘proq jismoniy mehnat bilan shug‘ullanish va audio kitoblar tinglash.
Dilmurod Nabiyev, Jismoniy tarbiya va sport vaziri

Sevib o‘qiydigan badiiy asarlari:
«Jamila» – Chingiz Aytmatov
«Kambag‘allar» – Fyodor Dostoyevskiy
«Yolg‘izlikning yuz yili» – Gabriel Garsiya Markes
Sevimli kinofilmlari:
«Bahorning o‘n yetti lahzasi» – Tatyana Lioznova
«General Rahimov» – «O‘zbekfilm»
Tavsiya qiladigan mashg‘ulotlari: Shaxmat o‘yini.
Shavkat Hamroyev, Suv xo‘jaligi vaziri

Sevib o‘qiydigan badiiy asarlari:
Abdulla Oripov she'riyati
«Tazkirat ul-avliyo» – Fariduddin Attor
«Yovvoyi yo‘rg‘a» – Ernest Seton-Tompson
Sevimli kinofilmlari:
«Sarvqomat dilbarim» – Chingiz Aytmatov asari asosida O‘zbekiston va Qirg‘iziston kinoijodkorlari hamkorligida yaratilgan
«G‘olib» – Adjit Pal Mangat
«Mo‘jiza» Boyut film (turk filmi)
Tavsiya qiladigan mashg‘ulotlari: Farzandlar bilan birga vaqt o‘tkazish.
Ozodbek Nazarbekov, Madaniyat vaziri

Sevib o‘qiydigan badiiy asarlari:
«Boburnoma» – Zahiriddin Muhammad Bobur
«Saodat asri qissalari» Ahmad Lutfiy Qozonchi
«Xorazm» – Yovuz Bahodir
Sevimli kinofilmlari:
«Dahoning yoshligi» – Elyor Ishmuhamedov
«Issiq non» – Umid Hamdamov
«O‘sman» – Metin Gyunay, Axmet Yilmaz, Fetxi Bayram
Tavsiya qiladigan mashg‘ulotlari: Hozir ko‘pchilik erkaklarimiz uyda. Oilada erkaklar bajarishi kerak bo‘lgan ishlar ko‘p. Oila yumushlarida imkon qadar ayollarimizga ko‘maklashishsin.
Rahmat Mamatov, Mahalla va oilani qo‘llab–quvvatlash vaziri

«Ichingdagi ichindadur» – Jaloliddin Rumiy
«Ikki eshik orasi» – O‘tkir Xoshimov
«Sarob» – Abdulla Qahhor
Sevimli kinofilmlari:
«Tangem» – Li Byon-xun
«Kelinlar qo‘zg‘aloni» – Melis Abzalov
«Bahorning o‘n yetti lahzasi» – Tatyana Lioznova
Tavsiya qiladigan mashg‘ulotlari: Tashqariga chiqmagan holda hovli-joy va uy obodligi bilan shug‘ullanish.
Alisher Sa'dullayev, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi raisi

Sevib o‘qiydigan badiiy asarlari:
«Samarador odamning 7 ko‘nikmalari» – Stiven Kovi
«Ulug‘bek xazinasi» – Odil Yoqubov
«Stiv Jobs» – Uolter Ayzekson
Sevimli kinofilmlari:
«Osmondagi bolalar» – Zulfiqor Musoqov
«Ozodlik kuychilari» – Erin Gruvel
Tavsiya qiladigan mashg‘ulotlari: Ertalab 7 daqiqalik sport mashg‘ulotlari va Harvard huquqshunoslik darslarini You Tube orqali kuzatish.
Sirojiddin Sayyid, senator, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi

Sevib o‘qiydigan badiiy asarlari:
«Onamning hikmatlari» (93 yoshli onamning aytganlarini singillarim yozib boradi, bobolardan kelgan gaplar ular, bugungi kunlargayam to‘g‘ri keladi)
«Boburnoma» – Zahiriddin Muhammad Bobur
«Tarjumon» lug‘at kitobi – XIV asr yozma obidasi
Sevimli kinofilmlari:
«Mahallada duv-duv gap» – Shuhrat Abbosov
«O‘liklar va tiriklar» – Konstantin Simonov
«Oddiy askar Rayanning qaytishi» – Stiven Spilberg
Tavsiya qiladigan mashg‘ulotlari: Yengil gantellar bilan tez-tez ishlash.
Rasmiylarimiz berayotgan tavsiyalarning birinchi qismini shu nuqtada yakunlaymiz. Loyihaning kelgusi sonlarida ham bir qator amaldorlar sizga o‘z sevimli kitoblari, tomosha qilish uchun kinofilmlari va foydali mashg‘ulotlarni tavsiya qilishadi.
Aytgancha, so‘rovnoma o‘tkazish chog‘ida bir qator vazir va qo‘mita raislari savollarimizga javob berishdan bosh tortganini ham eslatib o‘tish kerak.
Ulardan ayrimlari holatni «qo‘ying, tinch o‘tiray», «gap bo‘lib ketadi», «bu o‘ta shaxsiy masala», «odamlar bu amaldor ishlamay kitob o‘qirkan, kino ko‘rarkan, demasin», «falon vazir ham bersa keyin beraman», deya izohlagan bo‘lsa, yana ayrimlari shunchaki «vaqtim yo‘q» deyish bilan cheklandi.
Shunday paytda ham pozitivligini saqlab qolib, xalqimizga foydali tavsiyalarini ulashgan, OAV uchun ochiq rasmiylarimizga esa minnatdorchilik bildiramiz.
Ilyos Safarov tayyorladi.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
16:43 / 12.07.2025