Koronavirus: Kunlik holatlar va o‘limlar soni pasaya boshladi
Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 897 kishida koronavirus, 475 kishida pnevmoniya aniqlangani, ikki kasallikdan jami 8 nafar bemor vafot etgani haqida xabar berdi.
«2021 yil 7 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 136635 (+897) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 97 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 42 nafari Andijon viloyatida,
- 22 nafari Buxoro viloyatida,
- 85 nafari Jizzax viloyatida,
- 38 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 20 nafari Navoiy viloyatida,
- 41 nafari Namangan viloyatida,
- 96 nafari Samarqand viloyatida,
- 24 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 98 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 82 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 38 nafari Xorazm viloyatida,
- 97 nafari Toshkent viloyatida,
- 117 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 95 nafar,
- Andijon viloyatida 27 nafar,
- Buxoro viloyatida 34 nafar,
- Jizzax viloyatida 97 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 39 nafar,
- Navoiy viloyatida 26 nafar,
- Namangan viloyatida 38 nafar,
- Samarqand viloyatida 115 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 110 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 103 nafar,
- Xorazm viloyatida 45 nafar,
- Toshkent viloyatida 98 nafar,
- Toshkent shahrida 102 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 130111 (+929) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
So‘nggi bir kunda koronavirusga chalingan bemorlarning 5 nafari vafot etib, rasmiy statistikaga ko‘ra kovid qurbonlari soni 928 nafarni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, 7 avgust kuni 475 kishida pnevmoniya aniqlanib, jami holatlar soni 14503taga yetdi. So‘nggi bir kunda bemorlarning 489 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 7097 nafarni tashkil qilmoqda.
Yana 3 bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 96 nafarga yetdi.
Bu avgust oyi boshidan buyon ilk marta koronavirus bo‘yicha kunlik holatlar soni 900dan kam bo‘lishidir. 7 avgust kuni 912ta yangi kasallanish holati qayd etilib, 7 bemor o‘limi ro‘yxatga olingandi.
O‘z navbatida pnevmoniya bo‘yicha ham 26 iyuldan keyingi eng past ko‘rsatkich qayd etilmoqda. O‘tgan davr mobaynida kunlik holatlar soni 500dan yuqori bo‘lib kelayotgandi.
Mavzuga oid
16:38 / 03.12.2023
Xorazmda 20 yoshli talaba pnevmoniyadan vafot etdi
18:55 / 27.11.2023
Xitoyda bolalar pnevmoniyasi bilan bog‘liq vaziyat og‘ir emas – JSST
18:31 / 23.11.2023
Toshkentda O‘RVI tarqalishi kuchaydi. Vazir mas’ullarga shoshilinch topshiriqlar berdi
11:40 / 13.12.2022