Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston 2025 yilda Tojikiston ko‘mirining deyarli barcha eksport hajmini sotib oldi
Tojikiston xorijga 558,7 ming tonna ko‘mir yetkazib berdi, uning 99,91 foizini O‘zbekiston sotib oldi.
Foto: Asia-Plus
Tojikistonda 2025 yilda 2,8 million tonnadan ortiq ko‘mir qazib olindi. Bu 2024 yilga nisbatan 235 ming tonna yoki 10 foizga ko‘pdir. Bu haqda Tojikiston sanoat va yangi texnologiyalar vaziri Sherali Kabir Dushanbeda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Ko‘mir eksporti oshgani qayd etildi: Tojikiston xorijga 558,7 ming tonna ko‘mir yetkazib berdi, bu 2024 yilga nisbatan 42 foizga ko‘pdir. Asosiy xaridor O‘zbekiston bo‘ldi, u umumiy hajmning 99,91 foizini, ya’ni 558,2 ming tonnani sotib oldi. Afg‘oniston atigi 474 tonna ko‘mir oldi.
Tojikiston ichida 2,27 million tonna ko‘mir sotilgan, shundan 800 ming tonnasi Dushanbedagi 2-IESga yetkazib berilgan. 451 ming tonnaga yaqini aholiga sotilgan.
Qayd etilishicha, yaqin yillarda yangi ko‘mir korxonalarini qurish rejalashtirilgan. Ko‘mir sanoatiga investitsiyalarni jalb qilish va ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish bo‘yicha Rossiya, Xitoy, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va O‘zbekiston kompaniyalari bilan ish olib borilmoqda.
Mavzuga oid
15:45 / 03.04.2026
Tojikistonda yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi
18:41 / 02.04.2026
Tojikiston prezidenti oziq-ovqat narxlari «misli ko‘rilmagan darajada» oshishidan ogohlantirdi
08:31 / 30.03.2026
Yaponiya ko‘mir issiqlik elektr stansiyalari uchun cheklovlarni yumshatadi
08:28 / 30.03.2026