O‘zbekiston | 11:38 / 22.11.2017
31205
1 daqiqa o‘qiladi

Almazbek Atamboyev Shavkat Mirziyoyevni orden bilan mukofotladi

Foto: AKIpress

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevni «Danaker» ordeni bilan mukofotladi. Qayd etilishicha, ushbu orden Qirg‘iziston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida an'anaviy do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash hamda strategik sheriklikni o‘rnatishga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun berildi.

Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmatining xabar berishicha, Almazbek Atamboyev tegishli farmonni imzolagan.

Foto: AKIpress

«Danaker» ordeni kumushdan tayyorlanadi va diametri 42 mm. bo‘lgan, bir tekisda taqsimlanuvchi qirqta nurga ega yulduz shakliga ega. Ordenning orqa tomoni esa oltin bilan qoplangan bo‘lib, pastki qismida orden raqami yozib qo‘yilgan.

 

Mavzuga oid