Mamlakat mustaqilligini va uning ma’naviy asoslarini mustahkamlaş, özining katta bilim va salohiyati, taşabbuskorlik va taşkilotçilik fazilatlari bilan yurtimizda soğliqni saqlaş, ta’lim-tarbiya, ilm-fan, diplomatiya, madaniyat va sport sohalarini rivojlantiriş, yuqori malakali kadrlarni tayyorlaşga qöşgan ulkan hissasi, jamiyatda tinçlik va barqarorlik, millatlar va dinlararo döstlik va hamjihatlikni kuçaytiriş, milliy va umumbaşariy qadriyatlarni keng tarğib etiş, yoş avlodni vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalaş yölida körsatgan jonbozligi hamda tavalludining 70 yilligi munosabati bilan taniqli davlat va jamoat arbobi, olim va pedagog, marhum Qosimov Rustam Sobiroviç «Fidokorona xizmatlari uçun» ordeni bilan mukofotlandi.

Rustam Qosimov 1955 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. Toşkent davlat universitetining şarqşunoslik fakultetida öqib, mehnat faoliyatini Toşkent suv xöjaligi institutida arab tili tarjimonligidan boşlagan. Köp yillar oliy ta’lim sohasida turli vazifalarda işlagan. 

2004-2009 yillarda Özbekiston Respublikasi boş vaziri örinbosari sifatida fan, ta’lim, soğliqni saqlaş va ijtimoiy sohalar rivojiga hissa qöşgan. Oxirgi yillarda Özbekiston prezidentining jamoat va diniy taşkilotlar bilan hamkorlik masalalari böyiça maslahatçisi, Özbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori vazifalarida işlab kelgan.

U 2021 yil 7 may kuni vafot etgan.