BMTning Dengizga çiqiş imkoni bölmagan rivojlanayotgan mamlakatlar böyiça uçinçi konferensiyasi doirasida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevga Turkmanistonning "Hamkorlikni rivojlantirişga qöşgan hissasi uçun" ordenini tantanali topşiriş marosimi bölib ötdi.

Davlat rahbari Turkman xalqining milliy yetakçisi, Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovga, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov va qardoş turkman xalqiga yuksak davlat mukofoti uçun minnatdorlik bildirdi.

- Uşbu mukofotni Özbekiston va uning köp millatli xalqiga alohida e’tibor va hurmat, Markaziy Osiyo mintaqasida döstlik, yaxşi qöşniçilik, özaro işonç va şeriklik munosabatlarini mustahkamlaş borasidagi umumiy sa’y-harakatlarimizning e’tirofi sifatida qabul qilaman, - dedi davlat rahbari.

Boy tarixiy tajriba, qardoşlik va özaro hurmat an’analariga asoslangan Özbekiston-Turkmaniston strategik şeriklik munosabatlarida yuksak darajaga erişilgani qayd etildi.

Keyingi yillarda muhim iqtisodiy va gumanitar loyihalar amalga oşirildi, özaro savdo hajmi va kooperatsiya kölami keskin oşdi.

Özbekiston yetakçisi Arqadağ va mintaqaning barça davlatlari rahbarlari Markaziy Osiyoda hamkorlikni ilgari surişga ulkan hissa qöşayotganini alohida qayd etdi. Bugun butun xalqaro hamjamiyat mintaqaviy şeriklik va özlikning yangi modelini barpo etişdagi umumiy muvaffaqiyatlarimizni e’tirof etayotgani ta’kidlandi.

Sözining yakunida davlat rahbari yuksak mukofot uçun yana bir bor minnatdorlik bildirib, qardoş turkman xalqini şu kunlarda ötayotgan BMT konferensiyasi bilan tabrikladi hamda joriy yil dekabr oyida Aşxobod şahrida Xalqaro tinçlik va işonç yili doirasidagi global sammit muvaffaqiyatli ötişini tiladi.