Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 11-13 mart kunlari davlat taşrifi bilan uşbu mamlakatda böldi. Oliy darajadagi muzokara va tadbirlar, Fransiyaning rasmiy va işbilarmon doiralari bilan qator uçraşuvlar ötkazildi. Özbekiston va Fransiya örtasida strategik şeriklik örnatildi.

Tadbirning yana bir muhim voqeasi Özbekiston prezidentining Fransiya oliy mukofoti – Faxriy Legion ordeni bilan taqdirlangani böldi.

Xöş, bu qanday mukofot? U qaçon ta’sis etilgan va kimlarga beriladi? Şu kabi savollarga javob izlab kördik.

Faxriy Legion ordeni

Faxriy Legion ordeni fransuz imperatori Napoleon Bonapart tomonidan ta’sis etilgan. 1802 yil 19 may kuni Davlat kengaşi oliy mukofot haqidagi qonunni qabul qiladi.

Napoleon Bonapart Fransiyada yangi mukofot tizimini joriy qilib, harbiy va fuqarolik xizmatlarini taqdirlaş maqsadini közlagandi.

Keyinçalik, 1815 yilda Napoleon taxtdan ağdariladi. Uning örnini egallagan Lyudovik XVIII Faxriy Legion ordenini saqlab qoladi.

Faxriy Legion ordeni Fransiya fuqarolari bilan birgalikda xorijiy davlatlar fuqarolariga ham beriladi va u mamlakatning oliy mukofoti hisoblanadi.

Şuningdek, Fransiyada uşbu ordenning berilişi alohida xizmatlarning davlat darajasida e’tirof etilişi va şon-şarafning eng yuqori belgisi hisoblanadi.

Faxriy Legion ordeni Fransiya va xorijiy davlatlar fuqarolariga quyidagi xizmatlari uçun beriladi:

·       Fransiyaga katta foyda keltirgan şaxslar;

·       Qahramonlik va yuksak harbiy xizmatlari uçun harbiylar;

·       Ilm-fan, san’at, adabiyot va iqtisodiyot sohalarida katta yutuqlarga erişgan şaxslar va boşqalar.

Qoidaga köra Fransiya fuqarosi uzoq yillar davomida davlat xizmatida benuqson, xatolarga yöl qöymay işlasa va jiddiy muvaffaqiyatlarga erişsa, Faxriy Legion ordenini olişi mumkin. Öşanda ham unga mukofotni berişni lozim topişsa va bir neçta bosqiçlardan ötsa, albatta.

Ammo alohida qahramonlik körsatgan yoki unvoni yuqori bölgan harbiylar, jiddiy muvaffaqiyatga erişgan boşqa şaxslar dastlabki bosqiçlardan ötişi şart bölmaydi va mamlakat rahbari lozim topsa, orden topşiriladi.