Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktab o‘qituvchilari soni jami ish stavkasidan 80 mingtaga ko‘p - Shermatov
Respublika bo‘yicha maktablarda ishlayotgan o‘qituvchilar soni mavjud pedagogik stavka miqdoridan 80 mingga ko‘p. O‘qituvchilar soni yetarli, buyog‘iga sifat o‘sishiga harakat qilamiz, dedi xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov.
O‘zbekistonda ta'lim sifati juda past, ya'ni «qizil» toifadagi maktablar soni bir yil ichida uch baravarga kamaydi. Bu haqda xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov ma'lum qildi.
«Afsuski, ta'lim sifati hamma maktablarda bir xil emas. Ayrim maktablarimizda ta'lim sifati yaxshi bo‘lib, hamma ota-onalar o‘sha yoqqa intiladi. Ba'zi maktablarda esa ta'lim darajasi yaxshi emas. Shuning uchun biz maktablar darajasi bo‘yicha grafik qilganmiz. Ular sifati bo‘yicha «qizil, «sariq» va «yashil» maktablarga ajratiladi.
«Qizil maktablar» – ta'lim sifati juda past bo‘lgan maktablar. Oldimizga qo‘ygan vazifamiz ham aynan «qizil» maktablar sonini kamaytirishdir. Hozir «qizil» maktablar soni o‘tgan yilgiga qaraganda, ya'ni bir yilning o‘zida 3 baravar kamaydi», – dedi vazir 8 yanvar kungi matbuot anjumanida.
Shermatovning aytishicha, «qizil» maktablarda o‘qituvchilarning o‘z ustida ishlamasligiga sabab – «men ishlamasam, bu yerda ishlashga hech kim bo‘lmaydi, degan xom xayol bo‘lgan. Chunki respublikada pedagog kadrlar yetishmovchiligi yo‘q; aksincha, ortiqcha ishlab turgan o‘qituvchilar soni 80 mingdan oshadi.
«Hozir o‘zbek maktablarida o‘qituvchi yetarli. Bu borada hech qanday muammo yo‘q. Bir stavkada ikki kishi bo‘lib ishlayotgan o‘qituvchilar ham anchagina. Respublika bo‘yicha pedagogik stavka va haqiqiy o‘qituvchilar farqini taqqoslaganda 80 mingdan ziyod ortiqcha ishlab turgan o‘qituvchilar bor. Bundan buyog‘iga raqobat kuchayib, sifat o‘sishiga harakat qilamiz», – dedi Sherzod Shermatov.
Vazirga ko‘ra, xalq ta'limi tizimidagi barcha boshqaruv rahbarlari 2021 yil iyun oyigacha attestatsiyadan o‘tkaziladi. Hozirda barcha tizimlarda boshqaruv xodimlarini 15 foizgacha optimallashtirish masalasi qo‘yilgan.
«Ta'lim tizimida ham joylardagi rahbarlar sonini optimizatsiya qilish, ularning maktablar faoliyatiga salbiy aralashuvining oldini olishimiz kerak», – ta'kidladi u.
Mavzuga oid
13:56 / 27.11.2025
Oliy ta’limda ayol professor-o‘qituvchilar ulushi 46 foizga yetdi
13:15 / 08.11.2025
Qozog‘istonlik o‘qituvchilar ChatGPT’dan bepul foydalanishadi
22:07 / 12.10.2025
O‘qituvchilar uchun malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandi
14:50 / 01.10.2025