Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Bo‘laveradi, deb o‘tiradi ko‘pchilik. Bo‘lmaydi!” - Shavkat Mirziyoyev
Olmaliq shahrida hudud faollari bilan uchrashgan davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev hokim yordamchilari aholi o‘rtasida ishonchni oshirishi zarurligi haqida aytib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Foto: Prezident matbuot xizmati
“Alloh Taolo ham aytadi – “Sendan harakat, mendan barakat”. Butun jamiyatni uyg‘otish kerak, bu albatta oson ish emas, lekin boshqa yo‘limiz yo‘q. Ko‘pchilik “bo‘laveradi” deb o‘tiraveradi. Bo‘lmaydi! Vaqt shiddat bilan o‘tib ketyapti.
Biz nafaqat o‘zimiz uchun, farzandlarimiz uchun, vatanimiz uchun harakat qilishimiz kerak. Harakat qilgan odam kambag‘al bo‘lmaydi. Hozir ayrim xonadonlarda 20 sotixlab yer bo‘sh yotadi. Xudo beradi, lekin harakatga qarab beradi”, – dedi davlat rahbari.
Tadbirda ishtirok etgan bo‘lajak hokim yordamchilari Olmaliqdagi qator mahallalardagi aholini ish bilan ta’minlash, daromadni oshirish bo‘yicha o‘z takliflarini aytdilar.
Mavzuga oid
18:56 / 23.01.2026
“Og‘ir” mahallalardagi bo‘sh yerlar va davlat obektlari boshlang‘ich narxi pasaytirilib, sotuvga chiqariladi
12:00 / 21.01.2026
Namanganda hokim yordamchisi va kadastr xodimi ushlandi
08:22 / 05.12.2025
Farg‘ona va Namanganda yer uchun pora olgan hokim yordamchilari ushlandi
08:03 / 01.12.2025