Toshkentda telefondan ko‘p foydalanadigan o‘quvchilar qanday kasalliklardan aziyat chekishi ma’lum bo‘ldi
Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutining bolalar va o‘smirlar gigiyenasi laboratoriyasi xodimlari tomonidan Toshkent shahridagi umumta’lim maktablarida mobil telefonlardan ko‘p foydalanadigan 11 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 900 nafar o‘quvchi o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi. Natijada ular qanday kasalliklardan aziyat chekishi ma’lum bo‘ldi.
Tadqiqotning maqsadi zamonaviy raqamli qurilmalar va internetdan ko‘p foydalanish bolalarning kasallanishiga ta’sirini baholashga qaratildi. Statistik ma’lumotlarning tahlili shuni ko‘rsatdiki, o‘quvchilar orasida endokrin tizim, ovqatlanish va metabolik kasalliklar bilan bog‘liq shikoyatlarga ega bolalar o‘rtacha 41 foizni tashkil etadi.
Umumiy kasallanishning qiyosiy tahliliga ko‘ra, raqamli qurilmalardan tez-tez va ko‘p foydalanadigan o‘quvchilarida, raqamli qurilmalardan kam yoki umuman foydalanmaydigan o‘quvchilariga nisbatan ruhiy va xatti-harakatlarning buzilishi bilan bog‘liq belgilar ko‘proq uchradi. Skrining so‘rovnoma natijalari orqali aniqlandiki tekshirilayotgan bolalar orasida asab tizimi kasalliklarining yuqori darajada tarqalishi kuzatilgan.
So‘rovnoma natijalariga ko‘ra bolalar orasida qon aylanish tizimi, nafas olish tizimi kasalliklari shovqin va quloq bilan bog‘liq shikoyatlar bor ekanligini aniqlangan.
Bundan tashqari, raqamli qurilmalardan tez-tez va ko‘p foydalanadigan o‘quvchilar ovqat hazm qilish tizimidagi muammolardan 1,1 baravar ko‘proq shikoyat qilgan.
Xususan, o‘quvchilarning 31 foizi tish og‘rig‘i va kariyesdan shikoyat qilgan, bu raqamli qurilmalardan kam yoki umuman foydalanmaydigan o‘quvchilariga nisbatan 6,4 foizga ko‘pdir.
Raqamli qurilmalardan tez-tez va ko‘p foydalanadigan o‘quvchilarda, raqamli qurilmalardan kam yoki umuman foydalanmaydiganlarga nisbatan turli kasalliklarining yuqori darajada tarqalishi kuzatilgan.
Mavzuga oid
07:30 / 23.11.2024
O‘rta Chirchiqda 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari tomonidan kaltaklandi
13:56 / 22.11.2024
O‘zbekistonda har yetti o‘quvchidan kamida bittasi maktabda o‘zini xavfsiz his qilmaydi, nega?
12:58 / 13.11.2024
Mobil qurilmalar erasi: eng ko‘p sotilgan telefonlar
12:10 / 24.10.2024