U şu yilning fevral oyida bir paytning özida Queens University of Charlotte, Loyola University New Orleans va Central Michigan University oliygohlariga öqişga qabul qilindi va umumiy hisobda 280 ming dollarlik grant takliflarini oldi. Qiziği, Dilnura bu natijaga yuqori balli IELTS, CEFR, GPA sertifikatlari bilan emas, özi tanlagan soha böyiça darsdan taşqari faoliyati, loyihalari bilan erişganini ta’kidlaydi. Kun.uz bilan suhbatda u hujjat topşiriş jarayoni qanday keçgani, grant olişda qaysi omillar hal qiluvçi bölgani haqida gapirib berdi.
Hozirda özbekistonlik yoşlarning çet eldagi nufuzli oliygohlarda ta’lim olişga bölgan qiziqişi har qaçongidan yuqori. Ammo hamma ham faqatgina IELTS, SAT, GPA sertifikatlari bilan dunyo top universitetlari öz eşigini oça olmasligini anglab yetayotgani yöq. Samarqand şahridagi 16-maktabning 11-sinf öquvçisi Dilnura Toştemirova grant yutiş uçun sertifikatlardan köra amaliy loyihalar köproq ustunlik berişini amalda isbotladi.
U 2025 yilda boşlangan qizğin tayyorgarlik jarayonidan söng, AQŞning biryöla uç nufuzli oliygohiga qabul qilindi. Xususan, Queens University of Charlotte va Loyola University New Orleans universitetlarining har biridan 120 ming dollarlik, Central Michigan University’dan esa 40 ming dollarlik grant sohibi böldi.
Öquvçi qiz mazkur natijani örtaça GPA ballari va til sertifikatlari bilan qayd etdi. Dilnuraning aytişiça, köpçilik abituriyentlar orasida “IELTS’dan 8 yoki 9 olsam, top universitet eşiklari oçiq” degan yangliş qaraş mavjud. Sertifikatlar – minimum talab. Ingliz tilini bilsangiz, siz çet ellik talabalarga teng bölasiz, xolos. Ulardan ajralib turiş uçun boşqa ustun jihatlaringizni namoyon etişingiz kerak.
“Töğri, nufuzli oliygohlarga hujjat topşirişda birinçi navbatda baholar muhim. Ingliz tilida buni GPA deymiz. 10-sinfdan boşlab aynan baholarimga jiddiyroq qaray boşladim, ayniqsa, sohamga yaqin fanlarga. Keyingi örinda IELTS va SAT masalasi turadi. SAT ballingiz qançalik yuqori bölsa, grant imkoniyati ham şunçalik ortadi. Negaki SAT sizning universitetdagi akademik bosimga tayyorligingizni körsatadi. Lekin şuni aytmoqçiman, faqat sertifikatlarning özi bilan uzoqqa borib bölmaydi: IELTS 9 yoki juda yuqori balli SAT bilan ham hamma joyga kira olmaysiz. Sertifikatlar – faqat bazaviy körsatkiç. Ingliz tilini bilsangiz, siz çet ellik talabalarga teng bölasiz, xolos. Ulardan ajralib turiş uçun boşqa jihatingizni namoyon qila olişingiz zarur”, – deydi Dilnura.
Uning ta’kidlaşiça, eng asosiy narsa extracurricular activities, ya’ni maktabdan taşqari qilgan işlaringiz. Özingiz tanlagan sohaga qay darajada qiziqasiz, bu yönalişda biror loyiha qilganmisiz, jamiyatga foydasi tegadigan taşabbus körsatganmisiz – universitetlar aynan şu kabi jihatlarga köproq qaraydi.
“Amalga oşirgan loyihalaringiz global darajada ötkazilişi şart emas. Muhimi, u real va hayotga tatbiq etilgan bölişi lozim. Hujjatlarimni topşiriş bosqiçida arizamda qilgan işlarimni yozib qoldirdim. Qabul xatida esa “Jadid Power Club” loyiham va konferensiyalardagi iştirokimni universitet rahbariyati alohida tilga oldi. Bu men uçun juda katta işonç böldi. Şunda tuşundimki, qabul komissiyasi sertifikat ballarimni emas, qilgan işlarimni ustun qöygan. Ya’ni men qoğozdagi raqammas, real hayotda nimadir qilgan inson sifatida baholanganman. Konferensiyalardagi iştirokim ham arizamni kuçaytirdi. U yerda xalqaro taşkilotlar mas’ullariga tarjimonlik qildim, xorijiy mehmonlarga gidlik xizmati körsatdim. Bu tajribalar menga global muhitni his qiliş, turli qaraşlarni tinglaş va öz fikrimni aniq ifodalaşni örgatdi. Universitetlar nomzodlarda aynan şuni, ya’ni taşabbuskorlik va yetakçilikni körişni xohlaydi”, – deydi öquvçi qiz.
Dilnuraning aytişiça, hujjat topşiriş jarayonidagi yana bir muhim talab – inşo va tavsiyanoma xatlari. Mazkur ikki hujjat nomzodning şaxsiyati, qaraşlari va içki dunyosini oçib beradi.
“Eng qiyin jarayon inşo yoziş böldi. Sentyabr oyidan boşlab “inşoga nima yozaman?” degan savol öylantira boşladi. Özimni tahlil qiliş, içki jarayonlarimni söz bilan ifodalaş oson keçmadi. Lekin aynan inşo şaxsiyatingizni oçib beradigan hujjat. IELTS yoki SAT’dan könglingizdagidek natija qayd etmasangiz ham, puxta inşo arizangizni sezilarli darajada kuçaytirişi mumkin.
Tavsiyanomalar ham juda muhim. Öqituvçilar, konferensiyalarda tanişgan professorlar yoki mutaxassislarning fikri katta rol öynaydi. Networking, ya’ni töğri muhitda böliş, odamlar bilan muloqot qiliş ham ahamiyatli. Turli konferensiyalardagi tajribalarim tavsiyanoma oliş bilan bir qatorda, qaysi yönalişda öqişni xohlaşimni aniq tuşunişga yordam berdi”, – deydi u.
Dilnura öz kelajagini xalqaro munosabatlar va diplomatiya bilan boğlagan. Uning maqsadi – Birlaşgan millatlar taşkilotida (BMT) Özbekiston şarafini himoya qiladigan professional diplomat böliş. U yana 12 oliygohga öqişga hujjat topşirgan va ayni vaqtda javob xatlarini kutyapti. Suhbat davomida Dilnura şaxsiy qiziqişlarni aniqlaş va oliygohlarni töğri tanlaş haqida ham gapirib bergan.
Intervyuni töliq holda Kun.uz’ning YouTube’dagi sahifasida tomoşa qilişingiz mumkin.
















