Navoiy şahridagi 11-aniq fanlar çuqur öqitiladigan ixtisoslaşgan maktab öquvçilari muddatidan oldin talaba bölişda yuqori natija qayd etdi. Bu haqda Navoiy viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, uşbu maktabning 23 nafar öquvçisi maktab partasidayoq talabalikni naqd qilgan. Ularning 2 nafari 10-, qolgani 11-sinf öquvçilari.
“155 nafar bitiruvçimiz bor. Hozirça 23 öquvçimiz muddatidan avval talaba böldi. Öquv yili yakuniga qadar ular safini 40 nafarga yetkazişni maqsad qilganmiz. Uşbu öquvçilarimiz 4-5 tadan milliy sertifikatlarni qölga kiritişdi”, deydi maktab direktori Gulnora Jumaniyozova Kun.uz jurnalisti bilan suhbatda.
Maktab taqdim qilgan ma’lumotga köra, talabalikni naqd qilgan 23 öquvçining 20 nafari maksimal ballni (189 ball), bittasi 188, ikkitasi esa 186 ball töplagan. Bu bir maktab öquvçilarining muddatidan avval talaba böliş körsatkiçi böyiça Navoiy viloyatida kuzatilgan eng yuqori natijalardan biri hisoblanadi.
Ma’lumot uçun, milliy sertifikat – umumta’lim fanlari böyiça talabgorning bilimini aniqlab beriş uçun möljallangan sinov hisoblanadi. Unda turli fanlardan sertifikat imtihonlari ötkaziladi. Test sinovi natijasi böyiça eng yuqori ballning kamida 60 foizini töplagan şaxslarga 3 yil muddatga amal qiluvçi sertifikat taqdim etiladi.
Tegişli tartibga köra, umumta’lim fanlaridan A+, A darajali milliy sertifikatga ega bölgan abituriyentga bu fandan maksimal ball, B+, B, C+, C darajali milliy sertifikatlarga ega bölgan abituriyentga esa tegişli majburiy fanlar böyiça belgilangan eng yuqori ball beriladi.












