Toşkent viloyatining Bekobod şahrida 11-sinf öquvçisi bir neça ösmirlar tomonidan kaltaklanib, piçoqlangan. Marhumning onasi janjal dars vaqtida, maktab taşqarisida sodir bölganini aytsa, maktab direktori buning aksini aytmoqda. Viloyat prokuraturasi holatni jamoatçilikdan yaşirmoqda. Kun.uz muxbiri Bekobodda bölib, voqea tafsilotlarini örgandi.
Toşkent viloyati Bekobod şahridagi 12-maktabning 11-sinf öquvçisi bir neça ösmirlar tomonidan kaltaklanib, piçoqlangan. Voqea 5 mart kuni sodir bölgan. Kun.uz voqea tafsilotlarini örganiş maqsadida Bekobodda böldi.
Marhumning onasi:
“Öşa kuni ertalab turdik, saharlik qildik bir çiroyli dasturxon yozib. Oğzini yopib namozini öqib kirib yotdi. Keç turdi, öşa kuni men ham keç turdim. Soat 9:30 da qizimni va öğlimni maktabga olib borib qöydim, keç olib bordim. Kiçkinamni boğçasiga taşlab, işimga bordim. Bozorda tadbirkorman. Dökonimga kirib ötirgan joyimda “kasalxonaga tez yetib keling”, deyişdi. Kasalxonaga borsam, IIB xodimlari, şifokorlar menga röyxat berişdi. Yugurib çiqib bir paket dorilarni yetkazib kelib berdim”.
Marhum öquvçining yaqinlariga köra, bolalar özaro nizolaşgandan keyin boşqa maktab öquvçilari 5 kişi bölib kelişgan. Ularning 3 nafari şahardagi 3-maktabning, 2 nafari esa texnikum öquvçilari bölgan. Guvohlarga köra, voyaga yetmagan ösmirlar Nexia avtomobilida kelişgan.
“Ular çaqirgandan keyin Ja’farbek çiqqan, orqasidan Abdulloh degan örtoği ham birga çiqqan. U yiğlab aytib beryapti, “men şunça harakat qildim, lekin iloj qilolmadim. Ularga kuçim yetmadi”, deb. Ularning qölida katta piçoq bölgan. Toş yoki ğişt bilan urgan, boşida juda katta tikilgan joy bor. Bolam 5 kişiga ham bas keladigan yigit edi. Boşiga qattiq narsa bilan urgan, özini yöqotgandan keyin hammasi taşlangan. Quloqlarining oldi ham kökarib yotgandi. Keyin piçoq bilan yurak sohasiga urgan. Bolam huşdan ketgan. Maşinadayam turtgani kameradayam olingan, bolam yiqilgan, huşsiz yotgan”.
Şundan keyin Ja’farbekni yölovçi maşina kasalxonaga olib borgan va şifoxonada uning joni uzilgan.
Marhumning buvisi Gavhar Yöldoşeva:
“18 bahorni körmasdan ketdi. Şu eşikda tuğildi, şu eşikdan çaqaloqligida özim olib kirib kelganman, şu eşikdan çiqib ketdi. Bu mamlakatda, bu Bekobodda haqiqat yöq gödagim uçun. Mendan hol-ahvol söraş örniga hammasi prokuraturada, bolalarining oldidan çiqişmayapti. Mayli, bizdan qörqişar ekan, birorta odamning yoniga olib kelib uzr söraşmadi birortasi. Ular musulmon bolasi emas. Bolam juda marhamatli, mehnatkaş edi, hamma biladi. Nega bunaqa ahvolga solişdi bilmayman?! Kuyib-yonyapman, içim tölyapti.











