O‘zbekiston | 07:26 / 07.05.2020
13301
5 daqiqa o‘qiladi

Ichimlik suvi ta'minoti tizimi takomillashtiriladi – Prezident qarori loyihasi

O‘zbekistonda ichimlik suvi ta'minoti va oqova suv xizmati tizimlarini yanada takomillashtirishda dolzarb chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida ichimlik suvi ta'minoti va oqova suv xizmati tizimlarini yanada takomillashtirishdagi dolzarb chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Hujjatda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va Hisob palatasining mutaxassislari bilan birgalikda 2017-2019 yillarda respublikaning oqova suv tizimlari faoliyatini tanqidiy tahlil qilish natijalariga ko‘ra, iste'molchilarni markazlashtirilgan ichimlik suv va oqova suv xizmatlari bilan qamrab olish hamda oqova suvlarni tozalash bo‘yicha aniqlangan muhim muammo va kamchiliklar ma'lumot uchun keltirilgan.

Quyidagilar ichimlik suvi ta'minoti va oqova suv xizmati tizimlarini yanada takomillashtirishdagi dolzarb chora-tadbirlarni amalga oshirilishi bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlari etib belgilanadi:

ichimlik suv iste'molchilarining oqova suv xizmatlari bilan ta'minlanganlik darajasi past darajada bo‘lib 16 foizni tashkil etishi;

ichimlik va oqova suv obektlari, maxsus avtotransport vositalarining o‘rtacha eskirganlik darajasi o‘rtacha 43 foizni tashkil etib, ularni modernizatsiya qilish;

metallurgiya, neft-kimyo, lak-bo‘yoq, qog‘oz-sellyuloza, to‘qimachilik, chram-poyabzal, yog‘-moy, sut-go‘sht, un, meva-sabzavot, oziq-ovqat mahsulotlari, spirtli ichimliklar ishlab chiqaradigan korxonalarda hamda avtoulovlarni texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalarida birlamchi mexanik va biokimyoviy lokal oqova suv tozalash inshootlarida sanoat oqava suvlarni talab darajasida tozalash;

Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida ichimlik suv ta'minoti va oqova suv xizmatlarida yetishmayotgan oqova suvlarni nazorat qilish tahliliy laboratoriyalarni qurish;

qolgan viloyatlardagi mavjud laboratoriya uskunalarni yangilash, shuningdek hududiy sanitariya-epidemiologiya va ekologiya boshqarmalari laboratoriyalari bilan o‘zaro munosabatlarni yaxshilash;

boshqaruv shakllari va usullarini tubdan o‘zgartirish, qadrlar potensialini yanada oshirish, suv ta'minoti va oqova suv xizmatlari obektlarini samarali boshqarish hamda ulardan unumdorlik bilan foydalanishni tashkil etish;

kasbiy darajalarni oshirish va ichimlik suv ta'minoti va oqova suv xizmatlari korxonalarida muhandislik, texnik va ishlab chiqarish xodimlarini moddiy rag‘batlantirish darajasini oshirgan holda malakali mutaxassis kadrlarni saqlab qolish va sohaga jalb qilish.

Quyidagilar:

2020-2025 yillarga mo‘ljallangan respublika va viloyatlarga bo‘ysunuvchi shaharlar kesimida oqova suv tizimlarini kompleks rivojlantirish dasturining yig‘ma parametrlari;

2020-2025 yillarga mo‘ljallangan tuman markazlari kesimida oqova suv tizimlarini kompleks rivojlantirish dasturining yig‘ma parametrlari;

2020-2025 yillarga mo‘ljallangan respublika va viloyatlarga bo‘ysunuvchi shaharlar kesimida ichimlik suv ta'minoti tizimlarini kompleks rivojlantirish dasturining yig‘ma parametrlari;

2020-2025 yillarga mo‘ljallangan tuman markazlari kesimida ichimlik suv ta'minoti tizimini kompleks rivojlantirish dasturining yig‘ma parametrlari tasdiqlanadi.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligini «O‘zbekkommunal-loyihaqurilish» davlat unitar korxonasi 7 ta istiqbolli investitsion loyihalarning loyiha oldi (DTIA/TIA, DTI, DTI hisob-kitob, Texnik iqtisodiy hisob-kitoblar) va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun mas'ul etib belgilanadi.

Vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar xokimliklari bir oy muddatda metallurgiya, neft-kimyo, lak-bo‘yoq, qog‘oz-sellyuloza, to‘qimachilik, charm-poyabzal, yog‘-moy, sut-go‘sht, un, meva-sabzavot, oziq-ovqat mahsulotlari, spirtli ichimliklar ishlab chiqaradigan korxonalarda hamda avtoulovlarni texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalarida birlamchi mexanik va biokimyoviy lokal oqava suv tozalash inshootlarini qurish, rekonstruksiya hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha Kompleks dasturlarini ishlab chiqib, tasdiqlaydi.

Metallurgiya, neft-kimyo, lak-bo‘yoq, qog‘oz-sellyuloza, to‘qimachilik, charm-poyabzal, yog‘-moy, sut-go‘sht, un, meva-sabzavot, oziq-ovqat mahsulotlari, spirtli ichimliklar ishlab chiqaradigan korxonalarda hamda avtoulovlarni texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalarida standartlar darajasida tozalovchi lokal oqava suv tozalash inshootlari bo‘lmasa ishlab chiqarish korxonalarini ishga tushirish taqiqlanadi.

Mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga, sanoat oqova suvlarni tashlashda belgilangan me'yorlarga javob bermasa, maxsus vakolatli organlar bilan kelishilmagan xolda, qonunda belgilangan jarimalar miqdoridan ikki barobar ko‘p miqdorida jarima solinadi.

2020 yil 1 sentyabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va “O‘zsuvta'minot” AJ bilan birgalikda sohadagi mutaxassislarning almashuvini kamaytirish hamda oqova suv tozalash inshootlarini malakali injyener-texnik kadrlar bilan butlash maqsadida oqova suv xizmatlari korxonalarining ishchilari, ayniqsa oqova suv tozalash inshootlardagi laborantlar va daxldor bo‘lgan huquqshunoslarni moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoyalash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqib, amalga oshiradi.

Mavzuga oid