Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtomobil boshqaruvida niqobsiz bo‘lish ham jarimaga sabab bo‘ladi - IIV
Karantin davrida avtomobil boshqaruvidagi haydovchi niqobsiz harakatlanayotgani aniqlansa, ushbu holat ma'muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
O‘zbekiston hukumati maxsus komissiyasi o‘rnatgan tartib bilan jamoat joyida himoya niqobisiz bo‘lish ma'muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Ushbu holat avtomobil boshqaruvidagi haydovchilarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning aytishicha, avtomobildagi yo‘lovchi va haydovchilarning ham jarimaga tortilishiga aholining karantin tartibiga bepisand munosabatda bo‘layotgani sabab bo‘ldi.
«Masalan, Eski Juva dehqon bozori yaqinida, ya'ni jamoat joyida niqobsiz bo‘lgan fuqaro avtomobildan tushgani, niqobni mashinada unutib qoldirganini vaj qilib keltirmoqda. Shu sababli, aholi salomatligi va osoyishtaligini ta'minlash, virus tarqalishini kamaytirish maqsadida avtomobil boshqaruvidagi haydovchi ham niqob taqishga majbur», - deya munosabat bildirdi G‘iyosov.
Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilishi holatlari 83tani tashkil etmoqda. Ulardan 35 nafari erkak, 48 nafari esa ayollar. Shundan 5 nafari voyaga yetmagan bolalardir.
Ta'kidlanishicha, bemorlarning 15 nafarida o‘pka yallig‘lanishi belgilari kuzatilyapti, 7 nafarining ahvoli mutaxassislar tomonidan og‘ir, deb baholanmoqda.
Mavzuga oid
09:00 / 28.12.2025
2026 yilgi rejalar, yangi gaz koni va budjetning yopiq muhokamasi - hafta dayjesti
12:46 / 26.12.2025
IIV: yangi yil “sovg‘alari” orqali Telegram’da fishing va zararli havolalar ko‘paymoqda
20:37 / 23.12.2025
O‘zbekistonliklar 11 oyda kiberjinoyatlardan 1 trln 890 mlrd so‘m zarar ko‘rdi
19:13 / 23.12.2025