Özbekiston hukumati maxsus komissiyasi örnatgan tartib bilan jamoat joyida himoya niqobisiz böliş ma'muriy javobgarlikka sabab böladi. Uşbu holat avtomobil boşqaruvidagi haydovçilarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Içki işlar vazirligi matbuot kotibi Şohrux Ğiyosovning aytişiça, avtomobildagi yölovçi va haydovçilarning ham jarimaga tortilişiga aholining karantin tartibiga bepisand munosabatda bölayotgani sabab böldi.

«Masalan, Eski Juva dehqon bozori yaqinida, ya'ni jamoat joyida niqobsiz bölgan fuqaro avtomobildan tuşgani, niqobni maşinada unutib qoldirganini vaj qilib keltirmoqda. Şu sababli, aholi salomatligi va osoyiştaligini ta'minlaş, virus tarqalişini kamaytiriş maqsadida avtomobil boşqaruvidagi haydovçi ham niqob taqişga majbur», - deya munosabat bildirdi Ğiyosov.

Ayni paytda Özbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilişi holatlari 83tani taşkil etmoqda. Ulardan 35 nafari erkak, 48 nafari esa ayollar. Şundan 5 nafari voyaga yetmagan bolalardir.

Ta'kidlanişiça, bemorlarning 15 nafarida öpka yalliğlanişi belgilari kuzatilyapti, 7 nafarining ahvoli mutaxassislar tomonidan oğir, deb baholanmoqda.