Jahon | 09:08 / 22.03.2018
16142
2 daqiqa o‘qiladi

Skripal ishi. Kreml ayblovlar nega asossiz ekanini tushuntirib berdi

Foto: Sputnik / Kirill Kallinikov

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Solsberida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalning zaharlanishi bo‘yicha Rossiyaga qo‘yilgan ayblovlar nega asossiz ekanini aytib o‘tdi. Bu haqda RT xabar bermoqda.

«Rossiyaga nisbatan ilk ayblovlar siyosiy arboblardan chiqdi – bu hodisa ro‘y berganidan atigi bir necha soat o‘tib ro‘y berdi. Rossiya suiqasd uchun «katta ehtimol bilan» javobgar ekani haqida ayta boshlashdi. Endi esa biz Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkiloti ekspertlaridan hattoki zaharlovchi moddaning dastlabki tahliliga ham taxminan uch hafta vaqt talab etilishi haqida eshitmoqdamiz. Qarama-qarshilikni o‘zingiz ko‘ryapsiz», - dedi Peskov.

Shuningdek uning ta'kidlashicha, Rossiyani nega ayblay boshlashgani hozirgacha tushunarsiz bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov agarda Buyuk Britaniya asabiylashishni bas qilib, xotirjam holatga kelsa, bu hammaga foydali bo‘lishi haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid