Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning ma'lum qilişiça, agarda Buyuk Britaniya asabiylaşişni bas qilib, xotirjam holatga kelsa, bu hammaga foydali böladi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

«Mening fikrimça, agarda ular asabiylaşişni bas qilişsa va xotirjam holatga kelişsa, bu hammaga, birinçi navbatda rasmiy Londonga foydali bölardi. Ular uşbu vaziyat yuzasidan asabiylaşayotgani aniq körinyapti», - deya ma'lum qildi Lavrov Yaponiya TIV rahbari Taro Kono bilan muzokaralar yakunlari böyiça.

Uning sözlariga köra, Britaniyaning hozirgi harakatlari – bu «butun dunyo böylab tartibsiz yugur-yugurlar, şeriklarni bu masalada heç qanday dalillarsiz Buyuk Britaniya pozitsiyasiga köndiriş».

Eslatib ötamiz, avvalroq Kreml London yoki dalillar taqdim etişga, yoki uzr söraşga majbur bölişi haqida ma'lum qilgandi.