Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
5 nafar o‘zbekistonlik yonib ketgan ferma egasiga nisbatan jinoiy ish ochildi
Udmurtiya respublikasi sobiq qishloq xo‘jaligi vazirining qizi Yelena Sobina sud hukmi bilan 24 fevralgacha uy qamog‘iga olindi. Yelena va korxona rahbariga nisbatan «yong‘in xavfsizligi talablarini buzish», «sovuqqonlik» va «noqonuniy migratsiyani tashkil qilish» kabi ayblovlar bilan jinoiy ish ochilgan. Ayblanuvchi tomoni 3 nafar marhumning yaqinlariga 500 ming rubldan kompensatsiya to‘lagan.
Foto: Naberejnechelni shahar sudi matbuot xizmati
24 dekabr kuni Malorechenskiy qishlog‘idagi fermada sodir bo‘lgan yirik yong‘inda 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi yonib ketgan edi. Shundan so‘ng fermasi egasi, Udmurtiya respublikasi sobiq qishloq xo‘jaligi vazirining qizi Yelena Sobina sud hukmi bilan 24 fevralgacha uy qamog‘iga olindi. Undan tashqari «Mir» korxonasi direktori Vladimir Chayka ham ushlangan.
Ularga nisbatan «xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmat ko‘rsatish», «sovuqqonlik», «noqonuniy migratsiyani tashkil qilish» va «yong‘in xavfsizligi talablarini buzish» harakati bo‘yicha jinoiy ish ochilgan. Yelena aybini tan olmagan.

Yelenaning akasi yong‘inda vafot etgan ikki ishchining farzandlariga 500 ming rubldan kompensatsiya to‘laganini aytgan. U qolgan ishchilarga bank cheklovi tufayli pul o‘tkaza olmagan.

Eslatib o‘tamiz, 24 dekabr kuni Tataristondagi chorva fermasida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 5 nafar o‘zbekistonlik yonib ketgani xabar berilgan edi. Ëng‘in bo‘lgan binodan yana 33 kishi xavfsiz tashqariga chiqib olgan. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi fojiada vafot etganlarning shaxsiga aniqlik kiritilib, vatanga qaytarish masalasi hal qilinayotganini bildirgan edi.
Mavzuga oid
09:34
Mirzo Ulug‘bek tumanida avtobus saroyida yong‘in sodir bo‘ldi
16:03 / 10.01.2026
Shveytsariya Kran-Montaneda yong‘in qurbonlari xotirasini yod etdi
10:01 / 06.01.2026
Tashkent City hududida konteyner yonib ketdi
15:42 / 05.01.2026