O‘zbekiston | 17:14 / 13.04.2021
14333
2 daqiqa o‘qiladi

Xorijda pulsiz qolgan vatandoshlarga beriladigan qarz miqdorlari ma'lum bo‘ldi

Xorijda pulsiz, qiyin ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarolari yashash uchun sutkalik 100 dollargacha, transport xarajatlari uchun 1000 dollargacha qarz olib turishi mumkin bo‘ldi. Qarz miqdori arizachi yashayotgan hududdan kelib chiqib belgilanadi.

Foto: RIA Novosti

Moliyaviy yordam arizachi va uning oila a'zolari (agar bo‘lsa) vatanga qaytib ketishini ta'minlash uchun ko‘rsatiladi. Mablag‘ fuqaroning birlamchi zarur ehtiyoji uchun mahsulot sotuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchiga to‘lanadi, ya'ni fuqaroning qo‘liga berilmaydi.

Yordam olish uchun fuqaro konsullikka ariza bilan murojaat qilishi lozim. Ariza qanoatlantirilsa, qarzni 30 kun ichida qaytarish kerak. Mazkur tartib 12 aprel kuni tasdiqlangan nizomda belgilab qo‘yildi.

Hududlar bo‘yicha ajratiladigan qarz me'yorlari quyidagicha:

Qarz olish 6 kungacha vaqt talab etishi mumkin. Jarayon tartibi quyidagicha:

  • Fuqaro konsulxonaga ariza bilan murojaat qiladi, arizasiga boshqa zarur hujjatlarni ilova qiladi. Konsulxona 2 ish kunida arizadagi keltirilgan asoslar to‘g‘riligini tekshiradi, arizachining moliyaviy ahvoliga baho beradi.

Ariza namunasi:

  • Konsulxona moliyaviy yordam ko‘rsatish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa tayyorlab, Tashqi ishlar vazirligiga yuboradi.
  • Vazirlik 1 ish kunida qarz berish yoki rad etish to‘g‘risida konsulxonaga xat yuboradi.
  • Konsulxona xatni olganidan so‘ng 1 ish kunida fuqaro bilan qarz shartnomasini tuzadi. Oziq-ovqat mahsulotlari, turar joy, kiyim-kechak va transport xarajatlari uchun to‘lov o‘tkazadi.

Qarz shartnomasi namunasi:

Ariza rad qilinganda, konsullik mansabdor shaxsi ariza beruvchiga rad etish sabablarini ko‘rsatgan holda xabarnoma yuboradi.

Qarz olgan fuqaro 30 kunda respublika budjetiga qarzni qaytaradi. Aks holda, undiruv bilan Majburiy ijro byurosining fuqaro yashaydigan yoki uning mol-mulki joylashgan hududdagi bo‘limi shug‘ullanadi.

Mavzuga oid