Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2026 yilda issiq suv va issiqlik ta’minoti tariflari oshiriladi
Issiq suv va issiqlik tariflarining oshirilishiga tabiiy gaz, elektr energiya, suv - uchta asosiy resurs narxlarining oshishi sabab bo‘lishi ta’kidlanmoqda.
Foto: Shutterstock
2026 yilda issiq suv va issiqlik ta’minoti tariflari oshiriladi, dedi «Issiqlikta’minoti» AJ boshqaruv raisi Ilhom To‘rayev Qurilish va uy-joy xo‘jaligi vazirligi tomonidan e’lon qilingan videoda.
Uning qayd qilishicha, issiq suv va issiqlik tariflarining oshirilishiga tabiiy gaz, elektr energiya, suv — uchta asosiy resurs narxlarining oshishi sabab bo‘ladi.
«Ularning narxiga qarab o‘zimizning narxlarimizni qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘lamiz. Buni har doim aholiga og‘irligi tushmaydigan holda qilishni rejalashtiramiz», dedi u.
Ilhom To‘rayev tariflar qancha miqdorda oshirilishiga aniqlik kiritmadi. Uning ta’kidlashicha, ishlab chiqarish tannarxini tushirish orqali issiqlik ta’minoti sohasini subsidiyalash to‘xtatiladi.
«Bugungi kunda, bir gigakaloriya (Gkall) issiq suv ishlab chiqarish tannarxi hududlar kesimida o‘rtacha 500 ming so‘m bo‘lsa, uning 75-80 foizi davlat tomonidan subsidiya sifatida qaytariladi. Bu insonlar qiynalmasligi uchun davlat tarafidan berilgan bir yengillik — subsidiya. Qachongacha subsidiyada qolamiz, qachon tannarxga chiqamiz, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Men aniq aytaman: bizda ishlab chiqarish tannarxini tushirgan holda subsidiyadan chiqib ketish belgilangan. To‘g‘ri, aholiniki ham oshadi, qanchadir miqdorda aholiga ham yuk tushadi. Lekin birinchi navbatda bizning korxonalarning oldida qo‘yilgan vazifa — bu ishlab chiqarish tannarxini tushirish», dedi Ilhom To‘rayev.
Eslatib o‘tamiz, issiqlik ta’minoti uchun davlat tomonidan 2026 yilda 4,2 trln so‘m, 2027 yilda 4,7 trln so‘m subsidiya berilishi ko‘zda tutilgan. Mamlakatda 2030 yilgacha issiq suv va issiqlik ta’minotini subsidiyalashdan to‘liq voz kechish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
12:18 / 19.03.2026
30 martdan boshlab Toshkentda suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi
19:12 / 16.01.2026
Kiyevda yuzlab ko‘p qavatli uylar issiqlik va svetsiz qoldi (fotolar)
22:47 / 14.01.2026
Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarishning klaster tizimi joriy etiladi
15:38 / 16.12.2025