Poytaxtda aholi va iqtisodiyot obektlarini qiş mavsumida issiqlik energiyasi bilan barqaror va uzluksiz ta’minlaş maqsadida bir vaqtning özida elektr va issiqlik işlab çiqaradigan bir qator zamonaviy kogeneratsiya qurilmalari işga tuşirilmoqda.
Yunusobod tumanidagi 4-issiqlik markazi hududida davlat-xususiy şeriklik asosida barpo etilgan, quvvati 100 MVt bölgan mazkur loyiha ana şunday muhim taşabbuslardan biridir.
Xitoyning CNTIC kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oşirilgan loyiha 3,5 gektar maydonda joylaşdi. Uni moliyalaştiriş uçun 65 million dollar töğridan töğri xorijiy investitsiya yönaltirildi.

Davlat rahbari markazning iş jarayoni bilan tanişdi.
Kogeneratsiya inşootiga Buyuk Britaniyaning Rolls-Royce kompaniyasining 70 ta gaz-porşen uskunalari örnatildi.
Qozonxonalardan iste’molçilargaça bölgan issiqlik ta’minoti infratuzilmasi rekonstruksiya qilindi. Issiqlik magistrallari yangilandi. Tarmoqlar izolyatsiyali quvurlar bilan almaştirildi. Bu esa turli darajadagi energiya yöqotişlarining oldini oliş imkonini beradi.

Markaz işga tuşirilişi natijasida yiliga 876 million kilovatt-soat elektr energiyasi va 858 ming gigakaloriya issiqlik energiyasi işlab çiqariladi. Şu bilan birga, yiliga 35 million kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinadi.
Endilikda poytaxtning Yunusobod, Olmazor, Şayxontohur, Mirzo Uluğbek va Yakkasaroy tumanlarida joylaşgan jami 1 ming 846 ta obekt doimiy issiqlik energiyasi bilan ta’minlanadi. Ularning 1 ming 400 tasi aholi xonadoni, qolgan qismi esa ijtimoiy soha obektlaridir. Şuningdek, 292 ming xonadonga elektr energiyasi barqaror yetkazib beriladi.
Loyiha işga tuşişi bilan issiqlik energiyasini işlab çiqariş uçun sarflanadigan xarajatlar 40-45 foizga kamayadi. Atmosferaga çiqadigan ifloslantiruvçi moddalar miqdori sezilarli darajada qisqarib, oqova suv taşlanmalari yuzaga kelmaydi.

Şu yerning özida prezident kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik böyiça amalga oşirilgan işlar va issiqlik markazlarini rivojlantiriş, Toşkent issiqlik elektr stansiyasini modernizatsiya qiliş, poytaxtda obodonlaştiriş işlarini takomillaştiriş böyiça takliflar, şuningdek, anomal sovuq şaroitida xizmatga jalb etiladigan kuç va vositalarni taqsimlaş yuzasidan taqdimotlar bilan tanişdi.
Poytaxtda 11 ming 630 ta köp qavatli uy bor. Ularga 358 ta boşqaruv servis kompaniyasi xizmat körsatmoqda. Davlatimiz rahbari ularning mavsumga qay darajada şayligi bilan qiziqdi.
– Şahar şaroitida boşqaruv servis kompaniyalari faoliyati aholi hayoti bilan uzviy boğliq. Şu bois ular soat mexanizmiday aniq, uzluksiz işlaşi kerak. Buning uçun zarur şart-şaroitlar yaratilmoqda. Endilikda soha xodimlarining dunyoqaraşi va yondaşuvi ham özgarişi lozim. Aholining holidan xabar oliş, köp qavatli uylarning yertöla va tom qismlarini, yölaklar va öyin maydonçalarini tartibli saqlaş zarur, — dedi prezident.
Şuningdek, energetika, obodonlaştiriş, quriliş va servis tarmoqlari mas’ullariga mavsum davomida tizimli va muvofiqlaşgan holda işlaş yuzasidan tegişli topşiriqlar berildi.
















