Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy o‘quv yurtlarida o‘qituvchilarga ustama haq to‘lash joriy etiladi
Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, oliy ta'lim muassasalari pedagog xodimlarining mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha amaldagi tizimni jiddiy takomillashtirish va bu borada moddiy rag‘batlantirishning yangi mexanizmlarini joriy etishga ehtiyoj sezilmoqda.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Prezidenti Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Mehnat vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Xalq ta'lim vazirligiga uch oy muddatda ilg‘or xalqaro tajribadan kelib chiqib, oliy o‘quv yurtlari pedagog xodimlariga ularning kasb mahorati, faoliyatidagi yuqori natijadorlik va tarbiyaviy sohadagi samarali ishtirokini inobatga olib, ustama haq to‘lashni belgilash tizimi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish vazifasini topshirdi.
Mavzuga oid
14:34 / 30.03.2026
Namanganda 6-sinf o‘quvchisiga jinsiy zo‘ravonlik qilgan o‘qituvchi qamoqqa olindi
12:30 / 14.03.2026
Karmana tuman hokimi o‘qituvchilarni hokimlikka yig‘ib, qariyb 1 soat turg‘izib qo‘ydi
19:25 / 02.03.2026
Vazirlik attestatsiya testida xatolik bo‘lganini tan oldi
21:22 / 28.02.2026