Jahon | 14:43 / 08.03.2024
10994
3 daqiqa o‘qiladi

Avdiyivkada ishlayotgan sapyorlar va Nikopol o‘qqa tutilishi oqibatlari. Urush suratlari

Ukrainada urushning 743-kuni o‘tdi.

Nikopol o‘qqa tutilishi oqibatlari

Rossiya kuchlari 6 mart kuni Dnipropetrovsk oblastining Nikopol shahrini ikki bor o‘qqa tutdi: artilleriya zarbalari berildi va shahar bo‘ylab ikkita dron uchirildi. Otishma oqibatida shahardagi savdo markazida yong‘in kelib chiqdi, uni o‘chirishga besh soat vaqt sarflandi. Hujumlardan biri vaqtida 75 yoshli ayol jarohatlangan, deb xabar bergan Dnipropetrovsk oblasti kengashi raisi Mikola Lukashuk. Zarbalar oqibatida oltita uy, uchta xo‘jalik binosi, avtomobil va elektr uzatish liniyasi shikastlangan. Shahar o‘qqa tutilishi 7 mart kuni va 8-martga o‘tar kechasi ham davom ettirildi. Bu zarbalar oqibatida yana 11 ta uy shikastlangan. 

Nikopol rossiyaliklar tomonidan o‘qqa tutilishidan keyin savdo markazi xarobalarida ishlayotgan qutqaruvchilar
Yurii Tynnyi / Suspilne Ukraine / JSC «UA:PBC» / Global Images Ukraine / Getty Images
Otishma vaqtida yonib ketgan savdo markazining yuqoridan ko‘rinishi
Yurii Tynnyi / Suspilne Ukraine / JSC «UA:PBC» / Global Images Ukraine / Getty Images
Mykhailo Moskalenko / Reuters / Scanpix / LETA
Yonib ketgan savdo markazida o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish kassalari qoldiqlari
Yurii Tynnyi / Suspilne Ukraine / JSC «UA:PBC» / Global Images Ukraine / Getty Images
Kreminna yaqinidagi jangovar pozitsiyaga yo‘l olgan ukrain piyodalari
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ddp / Vida Press
Ukraina qurolli kuchlari jangchilari zirhli texnikada Kreminna yo‘nalishida harakatlanmoqda
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ddp / Vida Press
Kreminna yaqinidagi okopda turgan ukrainalik harbiylar
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ddp / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ddp / Vida Press
Kreminna yaqinidagi o‘rmonzorda yonib ketgan mashina
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ddp / Vida Press

Rossiya qo‘shini okkupatsiya qilingan Avdiyivka chekkasida 

Rossiyaning Markaziy harbiy okrugi alohida muhandislik brigadasi harbiy xizmatchilari Avdiyivka atrofida portlovchi moddalarni qidirmoqda. Rossiya qo‘shini 2022 yil fevralidan buyon Avdiyivkani egallash uchun ko‘p bor uringan. 2023 yil oktyabrida boshlangan navbatdagi keng ko‘lamli amaliyot 2024 yil fevral oyi o‘rtalarida shahar to‘liq egallanishi bilan yakunlandi.
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Avdiyivkadagi uy
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA

Mavzuga oid