Rossiya va Ukraina delegatsiyalari Jyenevada, Ukrainadagi uruşni töxtatiş böyiça maslahatlaşuvlarning rasmiy qismi yakunlanganidan söng, ikki tomonlama töğridan töğri muzokaralarning yana bir raundini ötkazdi. Rossiya delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiy çorşanba kuni, 18 fevralda, uçib ketiş oldidan Kiyev vakillari bilan yopiq eşiklar ortida uçraşganini tasdiqladi, biroq suhbat mazmunini oçiqlamadi.

Qöşimça uçraşuv bölganini “Suspilne” naşri ham Ukraina delegatsiyasi rahbari — MXK kotibi Rustem Umerovning matbuot kotibi Diana Davityanga tayanib tasdiqladi. Davityanning aytişiça, taxminan bir yarim soat davom etgan uçraşuvda Umerov va Medinskiy, şuningdek, Oliy radadagi “Xalq xizmatkori” fraksiyasi rahbari David Araxamiya iştirok etgan. Naşr muxbirining aytişiça, u InterContinental mehmonxonasi oldida uçraşuvdan çiqib ketayotgan Medinskiyni uçratgan.

Öz navbatida, Ukraina prezidentining kommunikatsiyalar böyiça maslahatçisi Dmitriy Litvin jurnalistlarga Ukraina vakillarining Medinskiy bilan uçraşuvini “albatta qandaydir alohida format deb hisoblaş kerak emas”, dedi. Uning tuşuntirişiça, “aynan şu odam” qöşimça uçraşiş istagini bildirgan, oldin muhokama qilingan masalalar böyiça ayrim aniqlaştiruvlar berilgan, xolos. “Heç qanday alohida narsa yöq. Delegatsiya natijalar böyiça Kiyevda prezidentga barça tafsilotlarni taqdim etadi va bu haqda xabar beramiz”, — dedi Litvin.

Uning sözlariga köra, Rossiya delegatsiyasi rahbari Ukraina vakillariga murojaat qilgan paytda Ukraina delegatsiyasining bir qismi allaqaçon ketib bölgan. Şundan keyin Medinskiy bilan Umerov va Araxamiya gaplaşişiga qaror qilingan. “Bu rejalaştirilmagan edi, va oxir-oqibat bunda mazmunan heç narsa bölmadi. Iltimos, Medinskiydan u bölmagan kimsani yasab yubormang — göyo u qandaydir maxsus yoki parallel narsa qilayotgandek”, — deya ta’kidladi Zelenskiy maslahatçisi.

Bundan oldin, AQŞ vositaçiligida ötgan ikki kunlik muzokaralar yakunlari böyiça Rossiya va Ukraina delegatsiyalari jiddiy yutuqqa erişmagan. Medinskiy muzokaralar “oğir, ammo işçan” bölganini aytgan. Umerov esa ayrim masalalarga oydinlik kiritilganini bildirgan, biroq “bu bosqiçda tafsilotlarni oşkor qilib bölmaydi”, deb qayd etgan. U, şuningdek, Rossiya tomoni bilan muhokamalarni “intensiv va mazmunli” deb atagan.