Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentda barpo etilayotgan stadionni ko‘zdan kechirdi
55 ming tomoshabinga mo‘ljallangan Yangi Toshkent stadioni 6 qavatli bo‘ladi, o‘ndan ortiq eskalator o‘rnatiladi. Hududda yana qo‘shimcha 3 ta mashg‘ulot maydoni bo‘ladi. Stadion yaqinida metro bekati barpo etiladi, 5,5 ming o‘rinli avtoturargoh quriladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 24 mart kuni Yangi Toshkentda barpo etilayotgan yirik sport inshooti – zamonaviy futbol stadionining qurilish jarayonini ko‘zdan kechirdi.
O‘yingoh qurilishi jadal davom etmoqda. Jumladan, yerni tekislash ishlari to‘liq yakunlangan. Poydevor quyish ishlari 95 foizga bajarilgan. Qurilish joyiga metall-konstruksiya materiallari bosqichma-bosqich keltirilmoqda.
O‘tgan yili FIFA Kengashi futbol bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida 2027 yildagi jahon chempionatini O‘zbekiston va Ozarboyjonda o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Ushbu jahon chempionati doirasidagi o‘yinlar ikki mamlakatdagi 3 tadan stadionda o‘tkaziladi. Jahon chempionatlarining final va yarimfinal o‘yinlari sig‘imi 50 mingdan ko‘p bo‘lgan stadionda o‘tkazilishi FIFA talablaridan biri hisoblanadi. Qiymati 100 million dollarlik Yangi Toshkent stadioni shu maqsadda qurilmoqda.
Davlat rahbariga qurilish jarayoni haqda batafsil ma’lumot berildi.



55 ming tomoshabinga mo‘ljallangan Yangi Toshkent stadioni 6 qavatli bo‘ladi, o‘ndan ortiq eskalator o‘rnatiladi. Hududda yana qo‘shimcha 3 ta mashg‘ulot maydoni bo‘ladi. Stadion yaqinida metro bekati barpo etiladi. 5,5 ming o‘rinli avtoturargoh quriladi.
Prezident bunday katta sig‘imli yopiq stadion mamlakatimizda ilk bor bunyod etilayotgani uchun har bir jihatga ahamiyat berish zarurligini ta’kidladi. Stadion atrofini obodonlashtirish ishlarini hozirdan rejalashtirib, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi zarurligi qayd etildi.



Mavzuga oid
22:05 / 04.04.2026
Shavkat Mirziyoyev geologiya sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi
21:18 / 02.04.2026
Istiqlolning 35 yilligi «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» shiori ostida nishonlanadi
18:31 / 02.04.2026
Kogonda elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirildi
19:05 / 01.04.2026