Avto | 17:00 / 13.02.2026
2928
4 daqiqa o‘qiladi

Chery rivojlantirishni davom ettiradi: Yevropadagi yirik loyihalardan to O‘zbekistondagi yangi ishlab chiqarish quvvatlarigacha

Chery 2026 yilni rekordlar va eksport hajmining o‘sishi bilan boshlamoqda.

2026 yil global maydonda Chery uchun katta muvaffaqiyatlar bilan boshlandi. Kompaniya Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchilari orasida 20 yildan ortiqroq vaqt davomida yetakchi eksportchilardan biri va u bu maqomni mustahkamlab kelmoqda. Yanvar oyi yakunlariga ko‘ra, brendning jahon bozoridagi sotuvlari 200 mingtadan ortiq avtomobilni tashkil etdi, eksport yo‘nalishi esa 48,1 foizga o‘sib, 119 605 donani tashkil qildi. Ketma-ket to‘qqizinchi oy Chery’ning xorijga yetkazib berish hajmi oyiga 100 mingdan ortiq avtomobilni tashkil etmoqda. O‘z o‘rnida bu butun dunyo bo‘ylab brend sifatiga bo‘lgan yuqori talab va ishonchdan dalolat beradi.

Sotuvlarning jadal o‘sishi fonida Chery barcha strategik muhim mintaqalarda, shu jumladan, Yevropaning talab yuqori bo‘lgan bozorlarida o‘z ishtirokini faollashtirmoqda. 2025 yilda brendning Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi sotuvlari 240 foizga oshdi. Faoliyat geografiyasi esa Yevropaning 15 ta davlatigacha kengaydi. Chery’ning yuqori sifat standartlari ekspertlar tomonidan ham e’tirof etildi: Britaniyaning nufuzli Carwow nashri yetti o‘rindiqli Tiggo 8 krossoveri gibrid versiyasini “2026 yil avtomobili” deb topdi. Ayni shu modelning O‘zbekistonda 2026 yil yanvar oyida ishga tushirilishi ham ramziy ma’noga ega. Tiggo 8 mahalliy avtoixlosmandlarga ilg‘or texnologiyalardan bahramand bo‘lish imkonini tuhfa qildi.

Chery’ning global strategiyasi faqat sotuvlar bilan cheklanmaydi — kompaniya mahalliy iqtisodiyot va ijtimoiy loyihalarni rivojlantirishga faol sarmoya kiritmoqda. Xususan, Chery Ispaniyadagi loyihasida mahalliy EV MOTORS kompaniyasi bilan hamkorlikda tarixiy EBRO brendi qayta tiklamoqda. Bu orqali 1000 dan ortiq kishi ish o‘rinlariga ega bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston bozorida 2022 yildan beri taqdim etib kelinayotgan Chery brendi qisqa vaqt ichida chinakam xalqona va oilaviy brendga aylanishga ulgurdi. Bu davr ichida brendning 30 000 dan ortiq avtomobillari egalaridan iborat katta jamoa shakllantirildi. Kompaniyaning bozordagi asosiy qadriyatlari esa har bir oila a’zosining xavfsizligi, avtomobillarni mahalliy iqlim sharoitlariga moslashtirish, qulaylik va tejamkorlikni ta’minlaydigan gibrid texnologiyalarni rivojlantirish bo‘lib qolmoqda.

Mahalliylashtirishni chuqurlashtirish O‘zbekiston avtomobil sanoati tarixida muhim bosqich bo‘ladi. Kompaniya hamkori ADM Jizzakh bilan birgalikda Jizzax viloyatida to‘liq siklli (CKD) zavodni qurish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihani amalga oshirmoqda. 2027 yilga mo‘ljallangan bu loyihaning ishga tushirilishi soha texnologik rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqadi.

Bugungi kunda Chery’ning katta oilasi butun dunyo bo‘ylab 18,7 milliondan ortiq mijozni qamrab olgan. Kompaniya yangi avlod gibrid texnologiyalarini 2026 yilda rivojlanishning asosiy drayveri sifatida ko‘radi. Shuningdek, barqaror va sifatli o‘sishga e’tibor qaratishda davom etadi. Bu orqali o‘z mijozlariga, jumladan, O‘zbekistonga ham eng innovatsion va xavfsiz yechimlarni taklif etish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Chery Uzbekistan rasmiy sahifalari:

Doimiy aloqa telefoni: +998 71 276 55 55

Veb-sayt | Instagram | Telegram | Telegram-bot | Facebook | YouTube

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid