Farg‘onada ariqdan erkak kishining jasadi topildi
Erkakning shaxsi aniqlangan va uni xotini tanib olgan.
Farg‘ona shahrida ariqdan 46 yoshli erkak o‘lik holda topildi. Bu haqda Kun.uz’ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
2024 yil 2 noyabr kuni soat 08:30 da Farg‘ona shahar prokuraturasiga IIB navbatchilik qismidan shaharning “Cheksho‘ra” MFY Charog‘on ko‘chasidan o‘tgan ariqdan noma’lum shaxsning murdasi tan jarohatlarisiz topilgani xabari berilgan.
Holat yuzasidan Farg‘ona shahar prokurori rahbarligida tezkor-tergov guruhi tomonidan voqea joyi va murda ko‘zdan kechirilganda, ishga aloqador holatlar aniqlanmagan va ashyoviy dalillar olinmagan.
Tezkor surishtiruvlar davomida marhum 1978 yilda Rishton tumanida tug‘ilgan, Farg‘ona shahri “Ilg‘or” MFY Farovon turmush ko‘chasidagi xonadonlarning birida yashovchi S.R. ekani aniqlangan va u turmush o‘rtog‘i N.J. tomonidan tanib olingan.
O‘lim sababini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, marhumning tanasida jarohatlar aniqlanmagan.
Erkakning o‘limiga “nafas yo‘llarining suv bilan berkilishi oqibatidagi mexanik asfiksiya” sabab bo‘lgani haqida xulosa berilgan.
Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:05 / 25.10.2024
“Barchasi ota-onamning qo‘llovi tufayli”: Microsoft elchisiga aylangan o‘zbek qizi
17:48 / 12.08.2024
Birni ko‘rib fikr qil, birni ko‘rib shukr... Xarobadagi Jannat
12:46 / 09.08.2024
Qashqadaryoda yo‘qolib qolgan ayolning jasadi shifoxonadagi lift shaxtasidan topildi
14:39 / 21.07.2024