Farğona şahrida fuqaro Damas’ning orqa eşigini oçib, sakrab tuşganidan söng uni boşqa maşina bosib ketgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Farğona viloyati YHXB ma’lumot berdi.
Ma’lum bölişiça, 2024 yil 16 iyul kuni Farğona şahri Qirguli mavzesi Şifokorlar köçasida fuqaro N.K. boşqaruvidagi Damas avtomaşinasida yölovçi sifatida ketayotgan fuqaro D.P. avtomobilning orqa eşigini oçib, sakrab yuborgan va qarama-qarşi tomonidan kelayotgan avtomobilning old qismiga kelib urilgan.
Oqibatda D.P. tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan. Biroq körsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan kasalxonada vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Odam ölimiga sabab bölgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.












