Jannat bu — navbatdagi filmimiz qahramonining ismi. Löli elatiga mansub bu ayol Farğona şahri Beşbola mahallasida yaşaydi. Ayol va uning oilasi yaşayotgan şaroit har qanday odamni şukr qilişga undasa, ajab emas.
Jannat opa kunlik hayoti, odamlarning lölilar haqidagi notöğri tasavvurlari haqida sözlab berdi:
“Ertalab soat 4:00 da uyğonaman. Qizim bilan birga “baklaşka” idiş, qoğozlarni çiqindixona, köçalardan yiğib kelamiz. Xöjayinim kasal, işlay olmaydi.

Ikki farzandim bor, tönğiç qizimni turmuşga uzatdim. Uyimizga yaqin zavod, korxona, dökonlar qarşisidan “baklajka”lar terib kelamiz. Iş jarayonida har xil holatga, turfa odamlarga uçraymiz. Ba’zilar bizni öğri deb öylaydi.


Tong sahardan qoş qorayguniça mehnat qilamiz, doimo harakatda bölişga intilamiz. Kun böyi yiğganimizni kerakli joyga topşiramiz. Kuniga 80 ming atrofida pul topamiz. Uning yarmi rözğorga, yarmi xöjayinimning dori-darmoniga ketadi.

Uyimiz ham yöq edi, 10 yil ijarama-ijara yurdik. Turmuş örtoğim yonimda turib qizlarim yordam berib, mana şu uyni qurdik.

Har kuni xöjayinimning dardiga şifo sörab duo qilaman. Tongda ulardan duo olib, işga çiqib ketaman”, deydi u.
Sarvar Ziyoyev, Kun.uz
Montaj ustasi: Sardor Mamirov












