Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozod bo‘lish uchun qo‘rquv uyg‘otishimiz kerak – Makron Fransiya yadroviy strategiyasi o‘zgarganini e’lon qildi
Fransiya prezidenti yadroviy arsenalini ko‘paytirishini aytdi, chunki oldinda «yadro quroli davri» turibdi.
Foto: AP
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron yadroviy tiyib turish strategiyasi o‘zgarganini e’lon qildi. Uning nutqidan Meduza qisqa iqtiboslar keltirdi.
«Geosiyosiy larzalar davri boshlandi. Dunyo bo‘ylab mojarolar tobora kuchayib bormoqda. Ularda yadro quroliga ega bo‘lgan davlatlar ishtirok etadi. Ularning yadroviy bo‘sag‘adan o‘tish xavfi ortib bormoqda. Ozod bo‘lish uchun qo‘rquv uyg‘otishimiz kerak. Fransiyaga hujum qilishga jur’at etgan har bir kishi qanday tovon to‘lashini bilishi kerak. Biz tiyib turish strategiyamizni yangilayapmiz», dedi u.
«Biz ballistik raketalarni joylashtiradigan yangi suvosti kemasi qurishni boshlayapmiz. Biz yadroviy kallaklar sonini ko‘paytiramiz va bundan buyon arsenal hajmi haqida hisobot bermaymiz. Biz qurollanish poygasiga qo‘shilmaymiz, bizning yadroviy doktrinamiz asoslarni saqlab qoladi: qat’iy mudofaa xarakteri, yadroviy urushdan voz kechish, oddiy va yadroviy qurollar o‘rtasidagi chegara. Bizning tiyib turish strategiyamizda endi Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlari ishtirok etadi, bizning strategik havo kuchlarimiz butun qit’a bo‘ylab joylashadi», dedi Makron.
«Xalqaro qoidalar buzilgan. Keling, vaziyatga hushyorlik bilan qaraylik: hamma o‘zini erkin tutyapti. Yevropaliklar o‘z xavfsizligi boshqalar tomonidan o‘rnatilgan qoidalarga bog‘liqligiga o‘rganib qolgan, ammo bizning davrimizda boshqacha yondashuv talab etiladi. Keyingi yarim asr yadro quroli davri bo‘ladi», deb qo‘shimcha qildi Fransiya rahbari.
Mavzuga oid
15:29 / 03.04.2026
Tramp Makron va uning rafiqasini masxara qildi. Fransiya yetakchisi javob qaytardi
13:13 / 03.04.2026
Yaqin Sharqdagi urush: Erondagi eng baland ko‘prik vayron qilindi
21:34 / 01.04.2026
Fransiya prezidenti Falastinning birinchi elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi
19:31 / 27.03.2026