Jahon | 19:50 / 13.03.2018
9189
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp: Endi Tillerson «biroz baxtiyor» bo‘ladi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Trampning hisoblashicha, sobiq davlat kotibi Reks Tillerson iste'fodan keyin o‘zini baxtiyor his qilishi mumkin. Bu haqda u San-Diyegodagi chiqishi vaqtida aytib o‘tdi.

«Menimcha, Reks endi biroz baxtiyor bo‘ladi», degan Tramp o‘zining qaroriga izoh bera turib.

Bugun Tramp Reks Tillersonni AQSh Davlat kotibi lavozimidan oldi va uning o‘rniga Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Mayk Pompeoni tayinladi.Mayk Pompeo o‘rniga uning o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Jina Xespel MRBning yangi direktori bo‘ldi.

Bundan avvalroq Oq uy Tramp Tillersonni KXDR bilan muzokaralar arafasida jamoasini yangilash maqsadida ishdan bo‘shatganini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid