Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
Yo‘l-transport hodisasi sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan Antalya kurort-shahri shimolidagi Do‘shemaltida ro‘y bergan.
Foto: Orhan Çiçek/AA
1 fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:30 atrofida Turkiyaning Antalya shahri yaqinida yo‘lovchi avtobus ag‘darilib ketdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Buzlu kompaniyasi yo‘lovchi avtobusi haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘l chetidagi to‘siqni buzib o‘tgan va chuqurlikka tushib ketgan. Bu vaqtda avtobus Taqirtog‘dan Isparta tomon ketayotgandi.
Mahalliy nashrlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 8 kishi halok bo‘lib, 26 kishi jarohatlangan. Qayd etilishicha, avariyadan keyin yo‘lovchilar avtobus ichida qisilib qolgan.

Jabrlanuvchilar shifoxonaga yotqizilgan, ulardan ayrimlari o‘ta og‘ir ahvolda. Yo‘lovchilarning shaxsi ma’lum qilinmagan.
«Yo‘l qoplamasi nam bo‘lgan, qolaversa, bu hududda tuman tushgandi. Bu tezlikni oshirmaslik tavsiya etiladigan joy hisoblanadi, ammo avtobus katta tezlikda harakatlangan ko‘rinadi», deya Antalya viloyati gubernatori Xulusi Shahinning so‘zlarini keltiradi Anadolu.
U yo‘l-transport hodisaning aniq sababi tekshiruvlar yakunida ma’lum qilinishini qo‘shimcha qilgan.
Mavzuga oid
21:12 / 29.03.2026
Toshkentda birdaniga 8 ta avtomobil ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi
11:08 / 04.03.2026
Yo‘l bezoriligini targ‘ib qiluvchi akkauntlar bloklanadi - Rustam Jo‘rayev
09:20 / 04.03.2026
Qatarda 11 yoshli o‘zbekistonlik bola YTHda vafot etdi
10:06 / 01.03.2026